16 Sentabr 2026

2 - toifali muhandis (Cloud Hub)

“O‘zbektelekom” AK Markaziy filiali Toshkent shahar

Cloud Hub Tashkent uchastkasi

 

Lavozim majburiyatlari

- O‘rnatilgan talablar, amaldagi meyorlar, qoidalar, standartlarga muvofiq uskunalarga joriy xizmat ko‘rsatish va biriktirilgan uskunalarda profilaktika ishlarini bajaradi.

- Elektr ta’minoti qurilmasi, akkumulyatorlar, yong‘inga qarshi va qo‘riqlash signalizatsiyasi tizimi holatini nazorat qiladi.

- Dizel-generatorga yoqilg‘i darajasini nazoratga oladi, elektr ta’minoti o‘chgan xolatida va dizel-generatori ishlagan vaqtida, dizel yoqilg‘isi sarfini har soatda nazorat qiladi.

- Optik qurilmalarni (server kommutatorlari, optik patch panel, optik kross va h.k) texnik ekspluatasiya qiladi (optik patch kordlarni ulash) va profilaktika ishlarini bajaradi;

- Avariya holatlarini bartaraf qilish choralarini ko‘radi.

- O‘rnatilgan harorat rejimi va namlikning saqlanishi nazoratini amalga oshiradi.

 

Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka

- Oliy texnik ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassis;

- Normativ hujjatlar, yo‘riqnomalar va ish yuritish bo‘yicha ko‘rsatma materiallarini bilish;

- Elektrotexnika asoslarini;

- Texnik hujjatlarni yuritish tartibini;

- Elektr uzatish liniyalariga yaqinlashgan hududlarda ishlarni bajarish qoidalarini bilishi kerak.

 

Ish sharoitlari:

- Olti kunlik ish haftasi;

- Ijtimoiy toʻplamlar;

- Bepul mobil aloqa.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar foto bilan birga va bo‘sh ish o‘rni ko‘rsatilgan holda, q.sarimsakov@markaziy.uz manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.

Tel: (71) 100 51 11, (99) 740-88-78)

Hujjatlar 2026-yil 15-oktabrgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 16-oktabr kuni o‘tkaziladi.