21 Oktabr 2026

Muhandis (269 Riyoziy/289 Selmash)

“O‘zbektelekom” AK Markaziy filiali Toshkent shahri

To‘rtinchi bog‘lama (Mirzo Ulug‘bek TB) 269 Riyoziy/289 Selmash uchastkasi Liniya kabel xo‘jaligi guruhi

 

Lavozim majburiyatlari

- Liniya-kabel inshootlarini belgilangan reja asosida ko'rikdan o'tkazish va ularning haqiqiy holatini texnik hisob hujjatlari hamda pasport ma'lumotlari bilan solishtirish.

- Aloqa kabellari, kabel kanalizatsiyasi, quduqlar, taqsimlovchi javonlar va qutilar, havo liniyalari hamda optik liniyalarning texnik hisobini yuritish va pasportlarini yangilab borish.

- Qurilish, rekonstruksiya, ta'mirlash va almashtirish ishlari natijasida yuzaga kelgan oʻzgarishlarni texnik hisob hujjatlari va elektron bazalarga kiritish.

- Liniya-kabel inshootlarining sig'imi, yuklanishi, foydalanilayotgan va zaxiradagi resurslari to'g'risidagi ma'lumotlarni hisobga olish.

- Optik kabellarning markasi, uzunligi, yo'nalishi, tolalar soni, foydalanilayotgan va zaxiradagi tolalari, muftalar, splitterlar, portlar hamda fdt/odf qurilmalari bo'yicha texnik ma'lumotlarni yuritish.

-Yangi ulanish va qayta ulanish imkoniyatlarini aniqlash uchun mavjud texnik resurslar to'g'risida ma'lumot tayyorlash.

- Yangi qurilgan, rekonstruksiya qilingan yoki ta'mirlangan liniya-kabel inshootlarini qabul qilish jarayonida ishtirok etish, ijro sxemalari,

pasportlar, dalolatnomalar va o'lchov

bayonnomalarining to'liqligini tekshirish. -texnik shartlar reyestrini yuritish, yangi obyektlarni loyihalashtirish va mavjud inshootlarni kengaytirish uchun zarur boshlang'ich texnik ma'lumotlarni tayyorlash.

- Taqsimlovchi javonlar, optik taqsimlovchi javonlar, qutilar, abonent ramkalari va kross elementlari bo'yicha joyidagi ma'lumotlarni elektron bazalardagi ma'lumotlar bilan solishtirish hamda aniqlangan tafovutlarni bartaraf etish. 10. splitter va switch qurilmalarini texnik hisobga olish, yangi qurilmalar haqidagi ma'lumotlarni bazaga kiritish hamda abonentlarni yangi qurilmalarga o'tkazish ro'yxatlarini tayyorlash.

- Avariya va nosozliklar yuzasidan ma'lumot olinganda guruh boshlig'i va tegishli dispetcherlik xizmatiga tezkor xabar berish, kabel sxemalari va mavjud resurslar to'g'risida zarur ma'lumotlarni taqdim etish.

- Otdr va boshqa o'lchov natijalari bayonnomalarini tegishli kabel va tolalarga bog'lab saqlash hamda ularni texnik hisob ma'lumotlari bilan solishtirish.

- Aniqlangan nuqsonlar, takroriy shikastlanishlar va texnik resurslar holati bo'yicha profilaktika hamda ta'mirlash ishlarini rejalashtirish yuzasidan takliflar kiritish.

- Aloqa kabellarining muhofaza hududida kabelga zarar yetkazish xavfi, ruxsatsiz ulanish yoki noma'lum yer qazish ishlari aniqlanganda holatni qayd etish va guruh boshlig'iga zudlik bilan xabar berish.

- Texnik hisob va pasportlashtirishga oid ma'lumotlarning to'g'riligi, to'liqligi va o'z vaqtida kiritilishini ta'minlash, aniqlangan xatolarni belgilangan tartibda tuzatish.

- Guruh boshlig'iga liniya-kabel inshootlarining texnik holati, mavjud resurslari, aniqlangan kamchiliklar va bajarilgan ishlar yuzasidan hisobotlar taqdim etish.

- Xizmat faoliyati davomida mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong'in xavfsizligi, axborot xavfsizligi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish talablariga rioya etish.

- Rahbariyat tomonidan lavozim vazifalari va berilgan vakolatlar doirasida yuklatilgan topshiriqlarni o'z vaqtida va sifatli bajarish.

 

Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka

- Oliy texnik ma'lumotga ega bo'lishi;

- telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari, kompaniya va filial faoliyatining yo'nalishlari hamda ishlab chiqarish texnologiyasi asoslarini bilishi;

- Liniya-kabel inshootlarini texnik hisobga olish va pasportlashtirish tartibini bilishi;

-Texnik hujjatlar, ishchi loyihalar, kabellar, trassalar va kabel kanalizatsiyasining yotqizish sxemalari bilan ishlash ko'nikmasiga ega boʻlishi; - muhandislik tarmoqlari va telekommunikatsiya inshootlarining yer osti kommunikatsiyalari bilan oʻzaro joylashish me'yorlarini bilishi;

- Mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong'in xavfsizligi qoidalarini bilishi;

- Sifat sohasidagi siyosat va maqsadlardan xabardor bo'lishi;

- Microsoft office (word, excel, powerpoint) dasturlarida, internet va elektron pochta bilan ishlash bo'yicha malakaga ega boʻlishi.

 

Ish sharoitlari:

- Olti kunlik ish haftasi, ijtimoiy to'plamlar, xizmat mobil aloqa.

- Ish faoliyati tasdiqlangan ish jadvali asosida amalga oshiriladi.

- Ish jarayonida kompyuter va maxsus dasturiy ta'minotlardan foydalaniladi.

- Xizmat vazifalarini bajarish doirasida liniya-kabel inshootlarini joyiga chiqib ko'zdan kechirish va texnik holatini o'rganish talab etiladi.

- Ish jarayonida mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya

etiladi.

- zaruratga ko'ra, xizmat vazifalarini bajarish uchun xizmat transportidan belgilangan tartibda foydalaniladi. 

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, q.sarimsakov@markaziy.uz elektron manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun telefon: 71-1005111, 99-7408878.

Hujjatlar 2026-yil 20-noyabrgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 23-noyabr kuni o‘tkaziladi.