Muhandis (Cloud Hub)
“O‘zbektelekom” AK Markaziy filiali Toshkent shahri
Cloud Hub Tashkent uchastkasi
Lavozim majburiyatlari:
- Zamonaviy bulutli xizmatlarni, shu jumladan IaaS (virtual serverlar va xotira), PaaS (platformalar) va Colocation (mijozlarning jismoniy server uskunalarini joylashtirish) ishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi.
- Texnologik zallar, sovutish (climat) tizimlari, uzluksiz elektr ta'minoti qurilmalari, dizel-generator qurilmalari va aloqa kanallarining holatini tunu-kun monitoring qilishda qatnashadi.
- Ish joyida mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va yong'in xavfsizligi bo'yicha yo'riqlarda ishtirok etadi.
moddiy
- Uchastkaning moddiy javobgarligidagi qimmatliklar (mol-mulk)ni ishonchli saqlanishini, ulardan samarali va maqsadli foydalanilishini ta'minlash hamda ularning sarflanishi hisobini yuritadi.
- Favqulodda vaziyatlar va alohida davrlarda aloqa obyektini ishonchli himoya qilish va barqaror ishlashida faol qatnashadi.
- Optik qurilmalari (Server kommutatorlari, optic patch panel, optik kross va h.k) texnik ekspluatasiya qiladi (optik patch kordlarni ulash) va profilaktika ishlarini bajaradi. - avariya holatlarini bartaraf qilish bo'yicha tegishli yo'riqnomalar asosida ishlarni amalga oshiradi.
- Texnik hujjatlar, ish yuritish jurnallarini normativ hujjatlar talablariga muvofiq yuritadi.
Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:
- Oliy texnik ma'lumotli ega mutaxassis;
- MS Office (Word, Excel, PowerPoint) dasturiy ta'minotida malakali
foydalanuvchi darajasida ish tajribasiga ega bo'lishi kerak;
- Ishda qo'llaniladigan kompyuter dasturlari;
- Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olish;
- Normativ hujjatlar, yo'riqnomalar va ish yuritish bo'yicha ko'rsatma materiallarini bilish.
Ish sharoitlari:
- Olti kunlik ish haftasi;
- Ijtimoiy toʻplamlar;
- Bepul mobil aloqa.
Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, q.sarimsakov@markaziy.uz elektron manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun telefon: 71-1005111, 99-7408878.
Hujjatlar 2026-yil 14-noyabrgacha qabul qilinadi.
Tanlov 2026-yil 15-noyabr kuni o‘tkaziladi.