08 Iyun 2026

2-toifali muhandis (8-bog‘lama)

“O‘zbektelekom” AK Markaziy filiali Toshkent viloyati

Sakkizinchi bog‘lama (Nurafshon, Oqqo‘rg‘on,  Bo`ka, Zafar, Bekobod)

Mobil va transport tarmog‘i guruhi

 

Lavozim majburiyatlari

- Bog‘lamadagi tayanch stansiyalarga texnik xizmat ko‘rsatish va profilaktika ishlarini amalga oshiradi.

- Bog‘lama mobil aloqa tarmog‘ida avariya va nosozliklarni monitoringini olib boradi.

- Mobil aloqa tarmog‘ida avariya-tiklash ishlarini bajaradi.

- Tarmoqda yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etadi.

- Mobil aloqa tarmog‘ini rivojlantirih va modernizatsiya qilish jarayonida qurilmalarni taqsimoti va obyektlarga etkazilishida bo‘yicha ishlarda ishtirok etadi;

- Mobil aloqa tarmog‘ini rivojlantirih va modernizatsiya qilish bo‘yicha montaj-demontaj ishlarini amalga oshiradi.

- Ish yuzasidan telefon orqali muloqotni xizmat telefon raqamlaridan hamda Kompaniya tomonidan taqdim etilgan xizmat mobil aloqa raqamlaridan foydalangan holda amalga oshiradi.

 

Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka

- Oliy texnik ma’lumot (muhandis lavozimida kamida 2 yillik mehnat stajiga) ega bo‘lgan mutaxassis;

- MS Office (Word, Excel, PowerPoint) dasturiy ta’minotida malakali foydalanuvchi darajasida ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak, ishdа qo‘llаnilаdigаn kompyutеr dаsturlаri (Jira, STP, UTR);

- Normativ hujjatlar, yo‘riqnomalar va ish yuritish bo‘yicha ko‘rsatma materiallarini bilish;

- Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olish;

 

Ish sharoitlari:

- Olti kunlik ish haftasi;

- Ijtimoiy toʻplamlar;

- Bepul mobil aloqa.

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar foto bilan birga va bo‘sh ish o‘rni ko‘rsatilgan holda, q.sarimsakov@markaziy.uz manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.

Tel: (71) 100 51 11, (99) 740-88-78.

Hujjatlar 2026-yil 8-iyulgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 9-iyul kuni o‘tkaziladi.

Tanlov muddati 2026-yil 25-iyulgacha uzaytirildi.

Hujjatlar 2026-yil 25-iyulgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 27-iyul kuni o‘tkaziladi.

Tanlov muddati 2026-yil 2-sentabrgacha uzaytirildi.

Hujjatlar 2026 2-sentabrgacha  qabul qilinadi.

Tanlov 2026 yil 3-sentabr kuni o‘tkaziladi.