12 Avgust 2026

Elektromontyor (10-bog‘lama)

“O‘zbektelekom” AK Markaziy filiali Toshkent viloyati

O‘ninchi bog‘lama (Stansiyalararo aloqa bog‘lamasi)

Magistral transport tarmog‘i guruhi

 

Lavozim majburiyatlari

- Kabel magistrallarida rejaga olingan kartogramma va fiksatsiya ishlarini belgilangan muddatida bajarilishini va pasportlashtirish ishlarini to‘g‘ri hujjatlashtirilishini ta’minlaydi;

- Magistral kabel uchastkasi tomonidan olib borilgan joriy va kapital ta’mirlash ishlarining to‘liq va sifatli bajarilganligini tekshiradi;

- Nazoratchilarning Geo WFM dasturiy ta’minotidagi berilgan topshiriqlarning bajarilishini nazorat qiladi.

- Ro‘yxatga olingan tashkilot, fermer xo‘jaliklari, aholi, MFY va mexanizm egalariga kabel muhofazasi haqida tushuntirish yuzasidan ogohlantirish berish bo‘yicha ishlarining hujjatlarini xaqqoniyligini tekshiradi.

- Stansiya qurilmalari ekspluatatsiyasi jarayonida rejali va rejadan tashqari ishlarni ishtirok etadi, tarmoqda aniqlangan nosozliklar, avariya-tiklash ishlarini amalga oshiradi.

 

Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka

- O‘rta maxsus kasb-hunar ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassis;

- Normativ hujjatlar, yo‘riqnomalar va ish yuritish bo‘yicha ko‘rsatma materiallarini bilish;

- Elektrotexnika asoslarini;

- Texnik hujjatlarni yuritish tartibini;

- Elektr uzatish liniyalariga yaqinlashgan hududlarda ishlarni bajarish qoidalarini bilishi kerak.

 

Ish sharoitlari:

- Olti kunlik ish haftasi;

- Ijtimoiy toʻplamlar;

- Bepul mobil aloqa.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar foto bilan birga va bo‘sh ish o‘rni ko‘rsatilgan holda, q.sarimsakov@markaziy.uz manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.

Tel: (71) 100 51 11, (99) 740-88-78)

Hujjatlar 2026-yil 12-sentabrgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 14-sentabr kuni o‘tkaziladi.