Elektromontyor (Nurafshon avg uchastka)
“O‘zbektelekom” AK Markaziy filiali Toshkent viloyati
Sakkizinchi bog‘lama (Nurafshon, Oqqo‘rg‘on, Bo‘ka, Zafar, Bekobod) Nurafshon uchastkasi Liniya-kabel xo‘jaligi guruhi
Lavozim majburiyatlari:
- Abonent simlarini osadi, qayta tortadi, tartibga va texnik talab darajasiga keltiradi hamda havo aloqa liniyalarini demontaj va montaj qiladi, shuningdek, tarqatish javonlarida krossirovkalarni almashtiradi va tartibga keltiradi;
- Biriktirilgan hududlarda (uchastkada) aloqa liniya inshootlarini doimiy ishchi holatda bo‘lishini ta’minlash maqsadida tegishli profilaktika va ta’mirlash ishlarini amalga oshiradi;
- Yangi qurilayotgan, rekonstruksiya ishlari amalga oshirilayotgan va ekspluatatsiyada bo‘lgan aloqa liniya inshootlari holatini doimiy nazorat qilib boradi hamda aniqlangan kamchilik va muammolar haqida liniya inshootlari muhandisiga xabar beradi;
- Doimiy ravishda (har soatda kamida bir marta) “GeoWFM” mobil ilovasiga kirib, geopozitsiya orqali o‘zining joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni kross xodimiga yuboradi, buyurtmalarni qabul qiladi va ushbu mobil ilovasiga bajarilgan ishlar bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni kiritib boradi;
- Agar dasturni ishlatish imkoni bo‘lmasa, kross xodimlari bilan qisqa muddatda va imkon qadar mavjud aloqa vositalari orqali yoki interaktiv usulda bog‘lanib, aniqlangan nosozliklar natijasi bo‘yicha ularni xabardor qiladi, shuningdek, xizmat ko‘rsatayotgan hududda nosozliklar aniqlanganda, ularni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar oladi va naryadga kiritadi;
- Har kuni tegishli hujjatlarni (naryad, dalolatnomalar va boshqalar) o‘rnatilgan tartibda to‘liq va to‘g‘ri to‘ldiradi va liniya inshootlari muhandisiga topshiradi.
Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:
- O‘rta maxsus kasb-hunar ma’lumoti;
- Normativ hujjatlar, yo‘riqnomalar va ish yuritish bo‘yicha ko‘rsatma materiallarini bilish;
- Hudud telefon tarmog‘i tuzilishi prinsiplarini bilish;
- Elektrotexnika asoslarini bilish;
- Turli rusumli telefon apparatlari va boshqa oxirgi qurilmalar, shu jumladan keng polosali xizmatlar qurilmalarini abonent liniyasiga ulash sxemalarini bilish;
- Keng polosali yo‘nalishning oxirgi uskunalaridan foydalanish va montaj qilish qoidalarini bilish;
- Texnik hujjatlarni yuritish tartibini bilish;
- Elektr uzatish liniyalariga yaqinlashgan hududlarda ishlarni bajarish qoidalarini bilish.
Ish sharoitlari:
- Olti kunlik ish haftasi;
- Ijtimoiy toʻplamlar;
- Bepul mobil aloqa.
Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, q.sarimsakov@markaziy.uz elektron manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun telefon: 71-1005111, 99-7408878.
Hujjatlar 2026-yil 24-sentabrgacha qabul qilinadi.
Tanlov 2026-yil 25-sentabr kuni o‘tkaziladi.