1-toifali muhandis (9-bog‘lama)
“O‘zbektelekom” AK Shimoliy filiali Xorazm viloyati
To‘qqizinchi bog‘lama Energiya ta’minoti va klimatexnika uskunalari guruhi
Lavozim majburiyatlari
- Elektron hisoblagichlarning maʼlumotlarini yuritish, hisobat berish ishlarini amalga oshiradi;
- Yangi quriladigan telekommunikatsiya qurilmalarini elektr taʼminoti bilan ta’minlash ishlarini bajaradi;
- Telekommunikatsiya qurilmalarida elektr energiyasi uzilishlar kuzatilganda ushbu qurilmalarga generatorlarni ishga tushirish hamda bogʻlamadagi barcha elektr generator bloklarining hisobini yuritish, ularning holatini kuzatish, yoqilg'i-moylash materiallari bilan ta'minlash;
- Telekommunikatsiya qurilmalarining akkumulyator batareyalarining davriy profilaktika ishlarini hamda akkumulyator batareyalarining ishchi holatini ta’minlaydi;
Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka
- Oliy texnik ma’lumoti va 2-toifali muhandis lavozimida kamida ikki yillik ish stajiga ega mutaxassis.
- Elektrotexnika asoslari va kabel liniyalarini ekspluatatsiya qilish qoidalarini;
- Texnik va ekspluatatsion tavsifnomalarni, ishlatilsdigan jihoz va qurilmalarning konstruktiv hususiyatlarini hamda ishlash rejimlari va ularni ekspluatasiya qilish qoidalarini;
- Yo'nalish bo'yicha amaldagi normativ hujjatlarni;
- Tarmoqda qo‘llaniladigan texnologiyalar va usullarni;
- Generatorlarni ishga tushirish hamda bogʻlamadagi barcha elektr generator bloklari tuzilishini, ularning holatini kuzatishni;
- Reflektomer yordamida o'lchovlar o'tkazishni;
- MS OFFICE (Excel, Word, PowerPoint, Visio) dasturiy ta’minotida malakali foydalanuvchi darajasida ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
Ish sharoitlari:
- Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.
- Ish haftasi: 6 kunlik (dushanba–shanba), dam olish kunlari – yakshanba.
- Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar beriladi,
- Mobil aloqa.
Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar foto bilan birga va bo‘sh ish o‘rni ko‘rsatilgan holda, g.jiemuratova@kar.uztelecom.uz manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.
Tel: (61 222-14-94. 99 955-92-02).
Hujjatlar 2026-yil 6-sentabrgacha qabul qilinadi.
Tanlov 2026-yil 7-sentabr kuni o‘tkaziladi.