04 Avgust 2026

1-toifali muhandis (texnik hisob)

“O‘zbektelekom” AK Shimoliy filiali  Xorazm viloyati

Oltinchi bog‘lama Texnik hisob va pasportlashtirish guruhi

 

Lavozim majburiyatlari

-      Aloqa liniyalarining texnik hujjatlarida qayd qilish va tuzatishlar kiritib borish ishlarining yuritilishini ta'minlaydi. Aloqa qurulishlari va aloqa liniyalarining hududi va himoya zonalarida olib boriladigan ishlar uchun kelishuv va texnik imkoniyatlar tayyorlaydi;

-      Texnik ekspluatatsiya qoidalariga mos holda barcha aloqa qurilmalarining pasportlarini saqlaydi kabellarning qaydlarini, kabel chuqurligining kartogrammalarini, kabel sayoz joylarini chuqurlashtirish va qum bilan himoyalash ishlarining  hisobini olib boradi;

-      Yerdan foydalanuvchilarning reja va xaritalariga kabel liniyalarini kiritilishini, joylarda trassalarni belgilashning nazoratini ta'minlaydi;

-      Aloqa liniyalari trassalarida bo‘ladigan o‘zgarishlarni o‘z vaqtida va sifatli darajada texnik hujjatlarga tushirib boradi;

-      “YERELEKTRON” ААT dasturi asosida kelib tushgan har bir hujjatni Qonunda belgilangan muddatida bajaradi;

 

Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka

-      Oliy texnik ma'lumotli  va yunalishi boyicha muhandis lavozimida kamida ikki yillik ish stajiga ega mutaxassis;

-      Texnik vositalarning asosiy texnik tavsiflari, funksional va prinsipial sxemalarini, 
aloqa vositalari, apparatura, uskunalar va inshootlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik jarayonlarni;

-      Axborot xavfsizligini taʼminlash talablari va  qoidalarini bilishi kerak.

 

Ish sharoitlari:

-      Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.

-      Ish haftasi: 6 kunlik (dushanba–shanba), dam olish kunlari – yakshanba. Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar beriladi,

-      Mobil aloqa.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar foto bilan birga va bo‘sh ish o‘rni ko‘rsatilgan holda, g.jiemuratova@shimoliy.uztelecom.uz  manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.

Tel: (61 222-14-94. 99 955-92-02).

Hujjatlar 2026-yil 4-sentabrgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 7-sentabr kuni o‘tkaziladi.