04 Avgust 2026

Elektromontyor (Urganch tuman)

“O‘zbektelekom” AK Shimoliy filiali Xorazm viloyati

Oltinchi bog‘lama Urganch t. uchastkasi Liniya-kabel xo‘jaligi guruhi

 

Lavozim majburiyatlari:

-  Abonent simlarini osadi, qayta tortadi, tartibga va texnik talab darajasiga keltiradi hamda havo aloqa liniyalarini demontaj va montaj qiladi, shuningdek, tarqatish javonlarida krossirovkalarni almashtiradi va tartibga keltiradi;

-  Buyurtmalarni qabul qiladi va “Texnograd Plyus” tizimi STP modulining “GeoWFM” mobil ilovasiga bajarilgan ishlar bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni kiritib boradi;

-  Har kuni tegishli hujjatlarni (naryad, dalolatnomalar va boshqalar) o‘rnatilgan tartibda to‘liq va to‘g‘ri to‘ldiradi va liniya inshootlari muhandisiga topshiradi;

-  Biriktirilgan ushastkada kabel qudiqlari va er osti kabellarini himoya qilish, tamirlash, profilaktika va ta’mirlash ishlarini o‘tkazadi;

 

Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:

-  O‘rta maxsus kasb-hunar ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassis;

-  Hudud telefon tarmog‘i tuzilishining prinsiplarini;

-  Elektrotexnika asoslarini;

-  Turli rusumli telefon apparatlari va boshqa oxirgi qurilmalar, shu jumladan keng polosali xizmatlar qurilmalarini abonent liniyasiga ulash sxemalarini;

-  Keng polosali yo‘nalishning oxirgi uskunalaridan foydalanish va montaj qilish qoidalarini;

-  Texnik hujjatlarni yuritish tartibini;

-  Elektr uzatish liniyalariga yaqinlashgan hududlarda ishlarni bajarish qoidalarini bilishi kerak.

 

Ish sharoitlari:

-      Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.

-      Ish vaqti: dushanba – juma 09:00 dan 17:00 shanba 09:00 dan 13:00 gacha (tushlik tanaffusi bilan).,

-      Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar beriladi,

-      Mobil aloqa.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar foto bilan birga va bo‘sh ish o‘rni ko‘rsatilgan holda, g.jiemuratova@kar.uztelecom.uz manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.

Tel: (61 222-14-94; 99 955-92-02)

Hujjatlar 2026-yil 4-sentabrgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 7-sentabr kuni o‘tkaziladi.