Xizmat tarif rejasiga muvofiq taqdim etilayotgan limitlarni faollashtirish (hisob-kitob davri kelgunga qadar) imkonini beradi.
Xizmat “Biznes Unlim” va “Business class” seriyasidagi tarif rejalarida mavjud.
Xizmat abonent raqami “faol” holatda bo‘lganda, “Mobil budjet” xizmati ulanlgan holatda bo‘lganda taqdim etiladi.
Xizmatni “UZTELECOM” sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida, Call-markaz, “MyUZTELECOM” ilovasi yoki *555# USSD-menyu orqali faollashtirish mumkin
Xizmat faollashtirilganda, tarif rejasiga muvofiq belgilangan limitlar qoldigʻi bekor qilinadi.
Xizmat muvaffaqiyatli faollashtirilganda abonent to‘lovi yechib olinadi va amaldagi tarif rejasiga muvofiq limitlar taqdim etiladi (oy oxirigacha masshtablashtirishni hisobga olgan holda).
Xizmat muvaffaqiyatli faollashtirilgandan so‘ng, hisob-kitob davri kalendar oyining birinchi kuni bo‘lib qoladi, abonent to‘lovi va taqdim etilgan resurslar esa oy oxirigacha masshtablashtiriladi.
Xizmatni muvaffaqiyatli faollashtirish uchun abonentning shaxsiy hisobida (“Mobil budjet”) amaldagi tarif rejasi boʻyicha abonent to‘lovini yechib olish uchun yetarli (yoki undan ko‘p) miqdorda mablag‘lar bo‘lishi shart.