Uching va doim aloqada qoling!
Samolyot bortida rouming!
Qaysi aviakompaniyalar va samolyotlarda AeroMobile tarmog‘i mavjud ekanini bilib olish uchun havola bilan tanishib chiqing.
To‘lov faqat internetdan real foydalansangizgina amalga oshiriladi: dastlabki 10 megabayt standart tarif bo‘yicha hisoblanadi, undan keyin esa tezlik pasaytirilmasdan 24 soatga cheksiz internet taqdim etiladi.
Bu qanday ishlaydi:
- Dastlabki 10 MB standart tarif bo‘yicha to‘lanadi;
- Keyin esa — Aeromobile tarmog’ida birinchi MB faollashtiriligan vaqtdan boshlab 24 soat davomida cheksiz internet taqdim etiladi;
- Faqat internet ishlatganingizda to‘lov qilasiz. Agar ulanmasangiz — pul yechib olinmaydi.
AeroMobile tarmog‘idagi rouming xizmatlari narxlari:
Barcha qo‘ng‘iroqlar | SMS | Internet |
|---|---|---|
7000 so'm | 1000 so'm | 7000 so'm |
Aeromobile tarmog’iga ulanish:
- Aeromobile tarmog’i 6000 metr va undan yuqori balandlikda ishlashi mumkin.
- Samolyot havoga ko‘tarilgach, telefoningizdagi "Parvoz rejimi"ni o‘chiring.
- Qurilmangiz sozlamalaridan "Rouming ma’lumotlari" yoki "Ma’lumotlar roumingi" funksiyasini yoqing.
- Qurilmangiz Aeromobile tarmog‘iga avtomatik ulanmaguncha kuting. Agar avtomatik tarzda ulanmasa, telefoningizda tarmoq qidirish rejimini tanlang va AeroMob, AeroMobile yoki 901 14 tarmog‘iga ulaning.
- Cheksiz internet AeroMobile tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydigan barcha aviakompaniyalarda amal qiladi. Shuningdek, reyslararo yo‘lovchi almashinuvi (transfer) vaqtida ham aloqada qolishingiz mumkin.
- Narxlar QQSni hisobga olgan holda milliy valyutada ko‘rsatilgan;
- Barcha qo‘ng‘iroq narxlari 1 daqiqa uchun, internet narxi esa 1 MB uchun ko‘rsatilgan (dastlabki 10 MB pullik, keyin 24 soat davomida — bepul va cheksiz) .
- Roumingda kiruvchi SMS bepul.
- Rouming hududida Kontakt markazi call-markaziga qo‘ng‘iroq qilish pulli bo‘lib, "O‘zbekistonga chiqish qo‘ng‘irog‘i" sifatida hisoblanadi.
- Shartli boshqa raqamga manzillashtirish holatida, boshqa raqamga manzillashtirilgan qo‘ng‘iroqning qiymati kirish qo‘ng‘irog‘ining. qiymatiga va tegishli turga chiquvchi qo‘ng‘iroqning qiymatiga teng
- Har bir qo‘ng‘iroq davomiyligidan qat’i nazar, to‘liq daqiqa hisobida to‘lanadi.
- Internet uchun to‘lov har 1 MB ishlatilgan trafik bo‘yicha hisoblanadi.
- MUHIM: Ayrim ilovalar sizning xabaringizsiz internet ishlatishi mumkin. Ortiqcha to‘lovlarning oldini olish uchun ularni vaqtincha o‘chirib qo‘ying.