
UZTELECOMning “TelecomTV” xizmati - interaktiv televideniye va filmlarni tomosha qilish uchun platforma bo‘lib, undan jismoniy shaxslar Internet-trafikni sarflamasdan foydalanishlari mumkin.
"TelecomTV" UZTELECOMdan – interaktiv TV-kanallar va onlayn-kinoteatrlardan foydalanish imkonini beruvchi servis bo‘lib, ko’plab qulayliklarni o’zida jamlagan:
Mukammal tasvir sifati
- Avto-sozlash funksiyasi tufayli tasvir mobil qurilmalarda ham, katta televizorlarda ham bir xil ravon va aniq ko‘rinadi.
Har doim tomosha qilishga arzigulik kontent bor
- 150dan ortiq TV-kanallar: mashhur sport va ko‘ngilochar kanallar, filmlar va seriallar katalogi, shuningdek, shaxsiy tavsiyalar tizimi — endi uzoq vaqt tanlashga hojat yo‘q.
Efir ustidan to‘liq boshqaruv
- Pauza, ortga qaytarish, kanallar arxivi va qulay ko‘rsatuvlar dasturi — tomosha qilish yanada qulay.
Qulay va tejamkor
- Bir vaqtning o‘zida 5ta qurilmada tomosha qiling: smartfon, planshet, SmartTV va/yoki kompyuter.
Bolalar uchun xavfsiz
- Ota-onalar nazorati yosh tomoshabinlarni noxush kontentdan himoya qiladi.
Mobil internetni tejaydi
- GSM Uztelecom tarmog‘ida mobil qurilmadan tomosha qilish internet-trafikingizni sarflamaydi.
Obunalar turlari va ularning narxlari:
"All inclusive" paketi – 150ta TV-kanal va 5ta onlayn-kinoteatr:
- 1 kun, avto-uzaytirish bilan – 2 499 so‘m
- 30 kun, avto-uzaytirish bilan – 39 000 so‘m
"Ultra" paketi – 150ta TV-kanal:
- 1 kun, avto-uzaytirish bilan – 1 990 so‘m
- 30 kun, avto-uzaytirish bilan – 29 900 so‘m
"Cinema" paketi – 5ta onlayn-kinoteatr va 20+ TV-kanal:
- 1 kun, avto-uzaytirish bilan – 2 499 so‘м
- 30 kun, avто-uzaytirish bilan – 39 000 so‘m
"PlayON" paketi – 15ta sport TV-kanali va 1ta onlayn-kinoteatr:
- 1 kun, avto-uzaytirish bilan – 1 495 so‘m
- 30 kun, avto-uzaytirish bilan – 29 900 so‘m
"Setanta Sports" paketi – 2ta TV-kanal: Setanta Sports 1 va Setanta Sports 2:
- 30 kun, avto-uzaytirish bilan – 16 999 so‘m
Yangi ulanishlar uchun yopilgan, ammo avval obuna bo‘lgan foydalanuvchilar uchun shartlari saqlanib qolgan arxiv paketlar:
- "Light" – 80ta TV-kanal:
- 1 kun, avto-uzaytirish bilan – 700 so‘m
- 30 kun, avto-uzaytirish bilan – 15 000 so‘m
- "Premium" – 130ta TV-kanal:
- 1 kun, avto-uzaytirish bilan – 1 500 so‘m
- 30 kun, avто-uzaytirish bilan – 25 000 so‘m
- "Milliy" – 1ta onlayn-kinoteatr:
- 1 kun, avto-uzaytirish bilan – 699 so‘m
- 30 kun, avto-uzaytirish bilan – 12 000 so‘m
- "Kino+" – 5ta onlayn-kinoteatr:
- 1 kun, avto-uzaytirish bilan – 1 999 so‘m
- 30 kun, avto-uzaytirish bilan – 29 000 so‘m
Xizmatni ulash:
"TelecomTV" servisidan interaktiv TV-kanallar va filmlarni tomosha qilish uchun quyidagi usullardan biri orqali servisda ro’yxatdan o’ting:
WEB-portal:
- TelecomTV veb-saytiga o‘ting.
- Ro’yxatdan o’tish jarayoni avtomatik tarzda amalga oshadi — agar mabodo xatolik yuz bersa, UZTELECOM uy tarmog‘ida ekanligingizni tekshiring.
- Katalogdan sizni qiziqtirgan kontentni tanlang va ustiga bosing.
- Keyin taqdim etilgan ro‘yxatdan ushbu kontentni tomosha qilish uchun mos keladigan Obunani tanlang. Sizga mos variant taklif etiladi, barcha variantlarni tomosha qilish uchun «Boshqa obuna variantlarini ko‘rsatish» tugmasini bosing.
- "Ulanish" tugmasini bosing. Xizmat ulanganidan so‘ng, sizga ulangan xizmat va uning amal qilish muddati haqida SMS xabar keladi.
iOS (iPhone smartfonlari va iPad planshetlari):
- Qurilmangizda AppStore ilovasini oching.
- Qidiruvga "TelecomTV" deb yozing va ilovani yuklab oling.
- Ilovani oching, ro’yxatdan o’tish jarayoni avtomatik tarzda amalga oshadi — agar xatolik yuz bersa, UZTELECOM uy tarmog‘ida ekanligingizni tekshiring.
- Katalogdan sizni qiziqtirgan kontentni tanlang va ustiga bosing.
- Keyin ro‘yxatdan o’zingizga yoqqan Obunani tanlang.
- Obunani rasmiylashtirish tugmasini bosing. Xizmat ulanganidan so‘ng, sizga ulangan xizmat va uning amal qilish muddati haqida SMS xabar keladi.
Android (Android smartfon va planshetlari):
- Qurilmangizda Google Play ilovasini oching.
- Qidiruvga "TelecomTV" deb yozing va ilovani yuklab oling.
- Ilovani oching, ro’yxatdan o’tish avtomatik tarzda amalga oshadi — agar xatolik yuz bersa, UZTELECOM uy tarmog‘ida ekanligingizni tekshiring.
- Katalogdan o’zingizga yoqqan kontentni tanlang va ustiga bosing.
- Keyin ro‘yxatdan sizga ma’qul kelgan Obunani tanlang.
- Obunani rasmiylashtirish tugmasini bosing. Xizmat ulanganidan so‘ng, sizga ulangan xizmat va uning amal qilish muddati haqida SMS keladi.
SMART TV yoki Android TV:
- Qurilmangizdan "TelecomTV" ilovasini toping va yuklab oling. Qidiruv uchun pultingizdagi Search tugmasini bosing va "TelecomTV" nomi bo‘yicha qidiring.
- Ro’yxatdan o’tish avtomatik tarzda amalga oshadi — agar xatolik yuz bersa, UZTELECOM uy tarmog‘ida ekanligingizni tekshiring.
- Katalogdan sizni qiziqtirgan kontentni tanlang va ustiga bosing.
- Keyin taqdim etilgan ro‘yxatdan ushbu kontentni tomosha qilish uchun o’zingizga ma’qul bo’lgan Obunani tanlang.
- Obunani rasmiylashtirish tugmasini bosing. Xizmat ulanganidan so‘ng, sizga ulangan xizmat va uning amal qilish muddati haqida SMS xabar keladi.
Ilk ulanish haqida:
- Birinchi marta ulanishda sizga 7 kunlik bepul sinov davri taqdim etiladi (agar u ilgari yoqilmagan bo‘lsa).
- Sinov muddati tugagandan so‘ng, xizmat tanlangan davrga avtomatik tarzda uzaytiriladi.
- Avto-uzaytirishni shaxsiy kabinetingizdagi "Obunalar" bo‘limida o’z Obunangiz ichidan o‘chirib qo‘yishingiz mumkin.
- Avto-uzaytirish o‘chirib qo‘yilganidan so‘ng, xizmat to‘langan davr oxirigacha taqdim etiladi va keyingi mablag‘ yechib olinmaydi.
Muhim ogohlantirish! "TelecomTV" ilovasini o‘chirib tashlash avto-uzaytirishni bekor qilmaydi. Obunani to‘xtatish uchun avto-uzaytirishni o‘chirishingiz kerak.
Texnik qo‘llab-quvvatlash raqami: +998 71 200 52 52