Qanday ulanish mumkin?
Siz uchun qulay bo‘lgan istalgan savdo ofisiga murojaat qilishingiz zarur.
O‘zingizga to‘g‘ri keladigan tarif rejasini, telefon raqamini tanlang va ommaviy oferta shartlari asosida shartnoma tuzing. Shartnoma imzolangandan so‘ng, hisob-fakturaga muvofiq eng kam miqdordagi to‘lovni amalga oshirish zarur.
Qo‘shimcha pullik xizmatlarni yoqtirishda kompaniya tariflariga muvofiq qo‘shimcha haq to‘lanishi lozim.
Talab etiladigan hujjatlar: ariza xati
- Tarmoqqa ulanish* - Bepul
RUIM-kartaning narxi yangi ulanishda boshlang'ich abonent to'loviga kiritilgan
*Ba'zi tarif rejalarida tarmoqqa ulanish narxi amal qiladi.
SIM-kartaning narxi ulanishdagi boshlang‘ich abonent to‘loviga qo‘shilgan.
Xizmatlarni to‘xtatish shartlari: 1250 so‘m va undan kam bo‘lgan balansda “UzMobile” xizmatlar ko‘rsatishni to‘xtatib turish huquqiga ega. Shu bilan birga, kirish qo‘ng‘iroqlari mavjud bo‘ladi.