Xizmat narxi: oyiga 100 000 so‘m

Amal qilish muddati: 30 kun 
 

Abonent ushbu xizmatni 100 000 so‘m evaziga ulaganda, unga faqat “PUBG” o‘yinida foydalanish uchun 100 GB Internet-trafik taqdim etiladi. Shuningdek, abonent “o‘yin ichidagi valyuta”ni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Promokodlarni olish uchun abonent maxsus *556# USSD-kodini terishi lozim. Har bir USSD so‘rov natijasida abonentga SMS-xabar orqali bitta promokod yuboriladi.

Bitta paket ulanganda, abonent maksimal darajada uchta promokod olishi mumkin. Agar barcha promokodlar olingan bo‘lsa, keyingi so‘rovlarni amalga oshirish imkoniyati paket qayta ulangunga qadar cheklanadi. Beriladigan promokodlar takrorlanmaydi.

Xizmat qayta ulanganda, abonentga 100 GB Internet-trafik ajratiladi, avvalgi trafik qo‘shib borilmaydi. Shuningdek, promokodlar olish imkoniyati ham yangilanadi va abonent yana uchtagacha promokod olish huquqiga ega bo‘ladi.

Xizmatni ulash *556# USSD-kodi orqali amalga oshiriladi.

SMS va USSD buyruqlar Mobil assistent
Boshqa mamlakatlarga qo'ng'iroqlar