
Xizmat narxi:
Kunlik obuna narxi 1 000 so‘m
Oylik obuna narxi 22 000 so‘m
Xizmat tasnifi: “Caloria AI” – bu sun’iy intellekt asosida ishlovchi qulay xizmat bo‘lib, ovqat va taomlarning suratini tahlil qilish orqali ularning taxminiy kaloriya miqdorini aniqlab beradi. Xizmat foydalanuvchiga nafaqat kaloriyani, balki ovqat tarkibidagi oqsil, yog‘ va uglevodlar haqida ham umumiy ma’lumotlarni ko‘rsatadi. Ushbu yechim sog‘lom turmush tarzini olib borishni istagan foydalanuvchilar, sport bilan shug‘ullanuvchilar, dietologlar va ovqatlanish tartibini nazorat qilmoqchi bo‘lgan har bir inson uchun qulay vosita hisoblanadi. Foydalanuvchi faqat ovqatni suratga oladi, qolganini esa sun’iy intellekt avtomatik tarzda hisoblab beradi. Xizmatdan “MyUztelecom” mobil ilovasi orqali foydalanish imkoniyati yaratilgan bo‘lib, abonentlar xizmatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilova interfeysi orqali faollashtirishi mumkin. Xizmat 2025-yilning 31-dekabriga qadar bepul taqdim etiladi.
Xizmatni faollashtirish va o‘chirish “MyUztelecom” mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.
Xizmatning funksional imkoniyatlari:
- Sun’iy intellekt asosida tasvirni tahlil qilish: Foydalanuvchi kamerani ovqatga yo‘naltiradi – tizim mahsulot turini avtomatik aniqlaydi (masalan: palov, somsa, sho‘rva, burger va boshqalar).
- Kaloriya va oziqaviy tarkibni hisoblash: AI modeli mahsulot tarkibini tahlil qilib, undagi kaloriya, oqsil, yog‘, uglevod miqdorini aniqlaydi.
- Sog‘lom ovqatlanish tavsiyalari: Tizim foydalanuvchining kunlik ovqatlanish tarixiga qarab, shaxsiy tavsiyalar beradi.
- Oziqlanish kundaligi: Har bir aniqlangan ovqat avtomatik saqlanadi va kunlik umumiy kaloriya hisobi shakllantiriladi.
- Ko‘p tilli interfeys: Xizmat o‘zbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi, bu undan keng foydalanuvchi auditoriya uchun qulaylik yaratadi.
- Analitik hisobot: Tizim foydalanuvchining o‘rtacha iste’mol ko‘rsatkichlarini tahlil qiladi va sog‘lom turmushga oid grafik tahlillarni shakllantiradi.