UZTELECOMdan mobil abonentlar uchun antivirus yechimi!
T/R | Obuna nomi | Amal qilish muddati | Qurilmalar soni, birlik | Narxi so'm | Promo-davri | USSD |
|---|---|---|---|---|---|---|
1 | Dr. Web Mobile В2С | Oy | 1 | 1 900 | Oy | |
3 | 4 900 | |||||
Yil | 1 | 20 500 | Mavjud emas | |||
3 | 52 900 |
- Dr.Web qoʻllanma.
Obuna narxini yechib olish vaqti belgilanmagan va havola taqdim etilgan vaqtga bogʻliq. Obunaning amal qilish muddati Аbonentga havola taqdim etilgan vaqtdan boshlab, kalendar oyining 1-sanasiga bogʻlanmagan holda hisoblanadi. Obunaning amal qilish muddati shaxsiy hisobning holatiga bogʻliq emas.
Ushbu xizmatning har bir obunasi avtomatik uzaytirish funksiyasiga ega. Avtomatik uzaytirish amaldagi obunani keyingi davr uchun qoʻshimcha harakatlarni amalga oshirmagan holda uzaytirish imkonini beradi.
Havola mobil raqamga SMS-xabar shaklda taqdim etiladi.
Promo-davr UZTELECOM GSM standartidagi mobil aloqa xizmatining har bir noyob foydalanuvchisiga 1- va 2-jadvallardagi obunalardan biriga bir marta taqdim etiladi.
Xizmat doirasidagi obunalarga havolani faollashtirish/oʻchirish/qayta soʻrash Shaxsiy kabinetda, mobil ilovada, USSD orqali, UZTELECOM sotuv va xizmat koʻrsatish ofislarida yoki Call-markaziga qoʻngʻiroq qilish orqali amalga oshiriladi. Yuridik shaxslar xizmatni Kompaniyaning ofislarida buyurtma berish orqali faollashtirishi / oʻchirishi mumkin.
Xizmatni faollashtirish / avtomatik uzaytirish uchun foydalanuvchi faol holatda boʻlishi va Shaxsiy hisobida xizmat narxini yechib olish uchun yetarli miqdorda mablagʻlar boʻlishi kerak.
Obunani faollashtirish uchun yechilgan mablagʻlar qaytarilmaydi va/yoki qayta hisoblanmaydi.
Xizmat barcha tarif rejalarida amal qiladi (M2M seriyali tarif rejalari bundan mustasno).
Xizmatdan foydalanish uchun ilgari o‘chirilgan “Mobil Internet” xizmatini faollashtirish kerak.
Xizmat ishga tushirilganligi va uning shartlari haqida tegishli maʼlumotlar Kompaniyaning www.uztelecom.uz rasmiy veb-saytida joylashtiriladi hamda boshqa aloqa vositalari orqali eʼlon qilinadi.
“Oʻzbektelekom” AK xizmat shartlariga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega va ushbu haqda tegishli maʼlumotlar Kompaniyaning www.uztelecom.uz rasmiy 8veb-saytida joylashtiriladi hamda boshqa aloqa vositalari orqali maʼlum qilinadi. Аbonentlar xizmat shartlariga kiritilgan tegishli oʻzgartirishlarni Kompaniyaning mazkur rasmiy veb-sayti orqali mustaqil ravishda tekshirib turishlari mumkin.