
Mazkur xizmat abonentlarga “MyUZTELECOM” mobil ilovasi orqali jamoat transportidan (metro va avtobusdan) foydalanishda yo‘l haqini bevosita o‘zining mobil raqam hisobidan to‘lash imkonini beradi.
Xizmatni taqdim etish narxi va shartlari:
- Abonent transportda QR-kod yoki tegishli identifikatsiya vositasi orqali to‘lovni amalga oshiradi.
- To‘lov summasi avtomatik tarzda abonentning mobil raqam hisobidan yechib olinadi.
- Har bir safar uchun to‘lov miqdori – 1 700 so‘mni tashkil etadi.
Bonusli shartlar:
Har bir muvaffaqiyatli amalga oshirilgan to‘lov uchun abonentga 500 MB hajmli Internet-trafik taqdim etiladi. Mazkur aksiyali paketni taqdim etish 2026-yilning 10-iyulga qadar amal qiladi.
Bonusli trafikning amal qilishi muddati – 24 soat.
Har bir abonent kuniga muvaffaqiyatli to‘lov uchun eng ko‘pi bilan 5 ta safar uchun bonusli trafik olish huquqiga ega (ya’ni, bir kunda har bir muvaffaqiyatli to‘lov uchun 5 marta 500 MBdan Internet-trafik taqdim etiladi).
Xizmat faqat “MyUZTELECOM” mobil ilovasi orqali taqdim etiladi.
Xizmatdan foydalanish uchun abonentning balansida yetarli miqdorda mablag‘lar bo‘lishi lozim.