Xizmat narxi:
Oylik obuna — 9 999 so‘m
(birinchi ulanishda 1 oylik bepul sinov muddati bilan)

Xizmat tavsifi
MyMusic — Android va iOS qurilmalari uchun mo‘ljallangan zamonaviy musiqa xizmati va mobil ilova.
Xizmat orqali foydalanuvchi o‘zbek va xorijiy musiqalarning katta kutubxonasiga, janrlar bo‘yicha tanlovlarga, shaxsiy tavsiyalarga ega bo‘ladi, shuningdek treklarni qurilmaga yuklab olib, ularni offlayn rejimda tinglashi mumkin.

Xizmatga kirish MyMusic mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi. Ilovani quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin.

Xizmat telefon raqamini SMS-kod orqali tasdiqlash yo‘li bilan faollashtiriladi. Tasdiqlash SMS-xabari 7227 qisqa raqamidan yuboriladi.
Xizmatni ulash va o‘chirish haqidagi barcha xabarnomalar ham ushbu raqamdan keladi.

Birinchi ulanishda abonentga 1 oy bepul foydalanish beriladi. Keyingi oylarda to‘lov avtomatik ravishda yechib boriladi.
Xizmatni faollashtirish va o‘chirish MyMusic ilovasi orqali amalga oshiriladi.

Xizmatni o‘chirish
Abonent xizmatni quyidagi usulda bekor qilishi mumkin:
MyMusic ilovasi orqali: Sozlamalar → Obunani bekor qilish.
Xizmat o‘chirilgandan so‘ng abonentga tasdiqlovchi SMS-xabar yuboriladi.

SMS va USSD buyruqlar Mobil assistent
Boshqa mamlakatlarga qo'ng'iroqlar