Xizmat nomi: “Premium Gold”

Xizmat narxi: 59 990 so‘m

Faollashtirish kodi: *707#


Xizmat tavsifi: “Premium Gold” obunasi (keyingi o‘rinlarda — Obuna) UZTELECOM mobil aloqa abonentlariga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

  • 40 GB asosiy internet-trafik;
  • 40 GB tungi internet-trafik;
  • “MyHit” xizmatidan bepul foydalanish;
  • “TelecomTV” orqali 120 dan ortiq telekanal va “Milliy” onlayn kinoteatridan foydalanish;
  • “Litres” xizmati orqali 300 000 dan ortiq kitob va audiokitoblarni o‘qish va tinglash;
  • eSIM kartasini oyiga bir marta bepul yangilash;
  • “Uztelecom Wi-Fi” xizmatidan 30 kun davomida bepul foydalanish;
  • “Caloria AI” xizmatidan 30 kun davomida bepul foydalanish;
  • “MyMusic” xizmatidan 30 kun davomida bepul foydalanish.


Faollashtirish va amal qilish muddati: Obunani “MyUTC” mobil ilovasi, USSD-so‘rov yoki Telegram-bot orqali faollashtirish mumkin. Obuna faollashtirilgan kundan boshlab 30 kun amal qiladi va balansda mablag‘ mavjud bo‘lsa, avtomatik ravishda uzaytiriladi.


Muhim shartlar:

  • Obuna bekor qilinganda, taqdim etilgan 40 GB internet-trafik 30 kunlik muddat yakuniga qadar saqlanadi. Boshqa resurslarning qoldig‘i keyingi davrga o‘tkazilmaydi.
  • Chaqiruv ohangi (gudok): “MyHit” xizmati orqali pullik musiqalardan foydalanish obuna davrida bepul. Agar obuna bekor qilinsa yoki to‘lov amalga oshmasa, xizmat uchun to‘lov “MyHit”ning standart tariflari bo‘yicha hisoblanadi.
  • eSIM: Oyiga bir marta eSIMni bepul yangilash yoki yangi tarmoqqa ulanganda eSIMni bepul olish imkoniyati taqdim etiladi.
  • Kimlar uchun: Obuna barcha jismoniy shaxslar hamda “Mobil byudjet” xizmatidan foydalanuvchi yuridik shaxslar uchun amal qiladi.
  • Cheklov: “Units” tarif rejalari foydalanuvchilari uchun ushbu obuna mavjud emas.


Obunani boshqarish: Faollashtirish va o‘chirish “MyUTC” mobil ilovasi yoki *707# USSD-so‘rovi orqali amalga oshiriladi.

SMS va USSD buyruqlar Mobil assistent
Boshqa mamlakatlarga qo'ng'iroqlar