O‘z vaqtini qadrlaydigan foydalanuvchilar uchun qulay xizmat – endi UZTELECOM SIM-kartasini ofisga bormasdan, masofadan turib buyurtma berishingiz mumkin.

 

MyUZTELECOM mobil ilovasi orqali siz bir necha oddiy qadamda yangi raqam tanlab, tarif rejasini belgilab, SIM-karta yetkazib berilishi uchun buyurtma qoldirishingiz mumkin.

 

Xizmat narxi:

•  Yetkazib berish narxi – 50 000 so‘m

•  To‘lov buyurtma yetkazib berilganidan so‘ng amalga oshiriladi.

Xizmat ko‘rsatiladigan hudud: 

Toshkent shahri va Toshkent viloyati 

Yetkazib berish muddati: Buyurtma qabul qilinganidan so‘ng 1 ish kunidan 3 ish kunigacha 

 

Xizmat ko‘rsatish shartlari:

1.  Buyurtma faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan berishili mumkin.

2.  Buyurtma faqat buyurtma bergan shaxsga yoki u tomonidan yozma ravishda vakolat berilgan shaxsga topshiriladi.

3.  Yetkazib berish vaqtida abonent ko‘rsatilgan manzilda bo‘lishi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi zarur. Hamda yetkazib beruvchi mas’ul shaxs tomonidan ariza yetkazilganini tasdiqlash uchun suratga oladi.

4.  Agar abonent yetkazib berish vaqtida manzilda bo‘lmasa yoki aloqaga chiqmasa, buyurtmani UZTELECOMning bosh sotuv va xizmat ko‘rsatish ofisidan olib ketadi.

5.  Buyurtma berishda noto‘g‘ri yoki yolg‘on ma’lumotlar ko‘rsatilgan taqdirda, Kompaniya buyurtmani bekor qilish yoki xizmat ko‘rsatishni rad etish huquqini saqlab qoladi.

SMS va USSD buyruqlar Mobil assistent
Boshqa mamlakatlarga qo'ng'iroqlar