Qiymati (s‘om) | Amal qilish muddati (kun) |
|---|---|
1 000 | 1 kun 24 soat |
Texnik sabablarga ko‘ra xizmatga vaqtinchalik ulanish uchun mavjud emas.
Xizmatning amal qilishi hududi - O‘zbekiston Respublikasi, UZTELECOM GSM (5G) standarti tarmog‘i.
“UNLIM 5G” xizmatidan (keyingi o‘rinlarda – xizmat) jismoniy shaxslar va “Mobil budjet” xizmatiga ulangan yuridik shaxslar foydalanishi mumkin (“M2M” va “Business unlim” seriyali tarif rejalariga ulangan Abonentlar bundan mustasno).
5G tarmog‘ida ishlash shartlari:
- qurilma 5G texnologiyasini qoʻllab-quvvatlashi va ushbu texnologiyani qo‘llash uchun cheklovlar boʻlmasligi lozim;
- аbonent 5G tayanch stantsiyalarining qamrov zonasida joylashgan bo‘lishi kerak;
- аbonent raqami faol holatda bo‘lishi kerak.Xizmat yaxshi taqdim etilishi uchun, taklifni faollashtirish vaqtida sessiya faol holatda bo‘lsa, sessiyani to‘xtatish, “UNLIM 5G” xizmatni faollashtirish, so‘ngra sessiyani davom ettirish lozim.
“UNLIM 5G” xizmatni faollashtirish fakti bo‘yicha har kunlik abonent to‘lovi hisoblanadi. Abonent hisobida xizmat uchun abonent to‘lovini amalga oshirishga yetarli miqdorda mablag‘lar bo‘lmaganda, xizmat taqdim etilishi to‘xtatib qo‘yiladi.
Jismoniy shaxslar “UNLIM 5G” xizmatni USSD-buyruq, “Kontakt markazi” operatorlariga murojaat qilgan holda, “UZTELECOM” savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida, “MyUZTELECOM” mobil ilovasi yoki Telegram-bot https://t.me/utc_uzbot orqali ulashlari mumkin.
Yuridik shaxslar “UZTELECOM” savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida, USSD-so‘rov, “MyUZTELECOM” mobil ilovasi orqali “UNLIM 5G” xizmatga buyurtma berishlari mumkin (“Mobil budjet” xizmati ulangan bo‘lishi sharti bilan).
Xizmatni faollashtirish mumkin bo‘lgan tarif rejalari:
- Jismoniy shaxslar:
“DATA 300GB/600GB/1TB”, “Barakali 22/33/44/55/77/111”, “MILLIY 2/10/15/40/50/70/100/150”, “Volunteer”, “Oddiy 10”, “Ishbilarmon”, “Street”, “Flash”, “Royal”, “OnLime”, “Street Upgrade”, “Flash Upgrade”, “Units 500/700/1500/4000/5000/8000/11000/14000/18000/22000”, “Aloqachi”, “Yoshlar”, “TA’LIM B2C”, “MAKTAB”, “Traffic”, “Step”, “Salom”, “SalomPlus”, “Komfort”, “Uzmobile 1200/ 4000/VIP”, “E’zoz”, “Ta’lim”, “C1/2/3/4”.
- Yuridik shaxslar:
“Oddiy 10”, “Ishbilarmon”, “Biznes Voice/25/35/70/Royal”, “Milliy Biznes 25/30/40/55/75”, “TA'LIM for corporate”, “Byudjet Bazaviy/25/400/1500/TAS-IX”, “Svyaznoy”, “Step”, “Salom”, “Salom Plus”, “Komfort”, “Uzmobile 1200”, “Uzmobile 4000/VIP”, “Constructor for corporate”, “Biznes/Biznes 500/2000/2500”, “C1/2/3/4”, “Xizmat 1/2/3”, “Tester”.Xizmatdan foydalanganda Internet-paketlardagi trafik yoki tarif rejasidagi Internet-trafik sarflanmaydi (5G tarmog'ida foydalanilganda).
Xizmat abonent hisobida ijobiy qoldiq mavjud bo‘lganda va/yoki abonent Internet-resurslarga (tarif rejasi yoki sotib olingan Internet-paketga muvofiq) ega bo‘lgan taqdirda faol hisoblanadi, aks holda xizmat to‘xtatiladi. Bunda, avval 4G tarmog‘ida Internetga ulanish faollashtiriladi, keyin 5G ulanadi (5G tarmog‘i qamrovi zonasida).
4G tarmog‘ida maksimal Internet-trafik kvotasi 100 MBni tashkil etadi (5G xizmatini faollashtirish uchun mo‘ljallangan):
- аgar abonentda tarif rejasiga kiritilgan Internet-trafik limiti mavjud bo‘lsa, limitdan 100 MB zaxiralanadi;
- аgar abonentda tarif rejasiga kiritilgan Internet-trafik limiti bo‘lmasa, ulangan tarif rejasi bo‘yicha ortiqcha limit qiymatiga mutanosib ravishda 100 MB ekvivalentida hisob raqamidan mablag‘lar zaxiralanadi (misol: “BARAKALI 33” tarif rejasidagi 1 MB qiymati = 80 so‘m, umumiy zaxiraviy mablag‘lar miqdori 100 MB*80 so‘m = 8 000 so‘m tashkil etadi).Xizmat doirasidagi 1 MB qiymati – 0 s‘om (5G tarmog'ida foydalanilganda).
4G/3G/2G tarmog‘ida abonent raqamini ro‘yxatdan o‘tkazishda tarifikatsiya tarif rejasi shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Mobil raqam yoki tarif rejasi o‘zgartirilganda xizmat ko‘rsatish shartlari o‘zgarmaydi.
Ulanish xizmat yoqilganligi haqida SMS-xabar olingandan keyin amalga oshiriladi. Agar SMS-xabar olinmasa, “MyUZTELECOM” mobil ilovasida xizmat faollashtirilganligini tekshirish mumkin.