
Mamlakatlar va internet-paketlarga oid batafsil ma’lumot bilan bu yerda havola orqali tanishishingiz mumkin.
Travel eSIM’ni qanday ulash mumkin?
- Smartfoningiz eSIM texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashini tekshiring.
- MyUZTELECOM ilovasiga kiring.
- Ilovaning “Rouming” bo‘limidan Travel eSIM xizmatini tanlang.
- Mamlakatni tanlang va kerakli internet-paketni belgilang.
- MyUZTELECOM ilovasiga ulangan bank kartasi orqali to‘lovni amalga oshiring va eSIM’ni faollashtiring.
- eSIM o‘rnatish bo‘yicha ilovadagi ko‘rsatmalarga amal qiling — bu bir necha daqiqa vaqt oladi. QR koddan foydalanishingiz yoki ma’lumotlarni qo‘lda kiritishingiz mumkin.
- Telefoningiz sozlamalaridan o‘rnatilgan eSIM’ni tanlab, uni yoqing.
Endi siz xorijda mobil internetdan bemalol foydalanishingiz mumkin.
Diqqat: xorijdagi sherik tarmoqlarda faqat mobil internet ishlaydi. Qo‘ng‘iroqlar va SMS xizmati mavjud emas.
Amal qilish muddati: internet-paket eSIM tarmoqga birinchi marta ulanadigan paytdan boshlab ishga tushadi. Agar eSIM qamrov zonasidan tashqarida o‘rnatilsa, tarmoqqa kirganingizda avtomatik tarzda ulanadi. O‘zbekiston hududida VPN’dan foydalanish talab qilinishi mumkin.