Hurmatli foydalanuvchilar!
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
- O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrda qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-445-son Qonuni;
- 341-son Davlat organlarida, davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom;
- “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida va uning tizimidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risidagi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining (hozirgi Raqamli texnologiyalar vazirligi) 373-son 2018-yil 31-mayda tasdiqlangan buyrug‘i.
- Yuqorida sanab o‘tilgan Qonun hujjatlariga muvofiq murojaatlar ular kelib tushgan va ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran o‘n besh kundan o‘ttiz kungacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi, agar qo‘shimcha o‘rganishlar talab etiladigan bo‘lsa yana o‘ttiz kunga uzaytirilishi mumkun va ushbu to‘g‘risida murojaatchi xabardor qilinadi.
- Murojaatda keltirilgan holatlar Kompaniya vakolatlari doirasiga kirmagan hollarda, murojaat ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran besh kun mobaynida vakolatli davlat organiga yuboriladi va ushbu to‘g‘risida murojaatchi xabardor qilinadi.
- Rasmiy nashrlarda, OAVlarda chop etilgan yangiliklar yoxud rasmiy veb-saytlarga joylashtirilgan axborotlarga taalluqli bo‘lgan murojaatlarda rasmiy nashrning nomi va chiqqan sanasi ko‘rsatilgan url-yuklash ko‘rsatilishi shart.