“O‘zbektelekom” AK Kasaba uyushmasi qo‘mitasi faoliyatining asosiy maqsadi kasaba uyushmasi a’zolari mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy, intellektual huquq va manfaatlarini himoya qilishdir.  

Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi “O‘zbektelekom” AK boshqaruv raisi bilan muzokaralar olib boradi, jamoa shartnomalari ijrosini nazorat qiladi, mehnat sharoitlari, ish haqi, dam olish va ijtimoiy kafolatlar masalalarida “O‘zbektelekom” AK xodimlari manfaatlarini ko‘zlaydi.

Kasaba uyushma qo‘mitasi asosiy vazifalari:

  • Xodimlar huquqlarini himoya qilish — mehnat qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlash
  • Ish haqi va rag‘batlantirish — adolatli ish haqi, ustama va mukofotlar masalasi
  • Mehnat sharoitlari va xavfsizlik — ish joyida sog‘lom va xavfsiz muhit yaratish
  • Ijtimoiy himoya — dam olish, sog‘liqni saqlash, moddiy yordam masalalari
  • Yoshlar va ayollar masalalari — teng huquqlilik va qo‘llab-quvvatlash
  • Jamoa shartnomalari — ish beruvchi bilan kelishuvlarni takomillashtirish
  • Xodimlar bilan muloqot — murojaatlar va takliflarni samarali ko‘rib chiqish.


“O‘zbektelekom” AK Kasaba uyushmasi qo‘mitasi xodimlarning ish faoliyatidan tashqari bo‘lgan vaqtini mazmunli tashkil etish, jamoada o‘zaro hamjihatlik va birdamlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Ushbu faoliyatlarning maqsadi xodimlarning ishga bo‘lgan ishtiyoqi ortishi, mehnat faoliyatining samaradorligini yuksalashi hisoblanadi.