Raximov Murodjon Ataniyazovich
“O‘zbektelekom” AK Yetakchilar Kengashi raisi –“O‘zbektelekom” AK Boshqaruv raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi v.v.b.

 

Majburiyatlari: 

  • Kompaniyada yoshlarga oid davlat siyosati ijrosini taʼminlaydi.
  • O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi hamda Kompaniya o‘rtasida ikki tomonlama manfaatli hamkorlik ishlariga rahbarlik qiladi.
  • Yetakchilar Kengashining faoliyatiga bo‘yicha hisobotlari tayyorlash ishlariga rahbarlik qiladi hamda o‘rnatilgan tartibda Kompaniya rahbariyatiga taqdim etib boradi.
  • Kompaniyada yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan yillik chora – tadbirlar dasturi loyihasining ishlab chiqishda qatnashadi hamda o‘rnatilgan tartibda tasdiqlatadi.
  • Kompaniyada yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan yillik chora - tadbirlar dasturi ijrosini taʼminlash va uni amalga oshirishga yo‘naltirilgan mablag‘lardan oqilona va samarali foydalanish choralarini ko‘radi.
  • Kompaniya rahbariyati bilan kelishilgan holda Kompaniya ijroiya apparati va uning barcha filiallarida Yoshlar masalalariga doir ishlar, ularning tashabbuslari va muammolari bo‘yicha “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlarini tashkil etishga va o‘tkazishga maʼsuldir.

Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qo‘yishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

So‘nggi yillarda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyunda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-6017-son  Farmoniga muvofiq O‘zbekistonda 30-iyun – "Yoshlar kuni" deb eʼlon qilindi.

Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, Kompaniya tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlarning taklif va mulohazalarini ilgari surish, yosh xodimlarning ishdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini tashkil etish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash vazifalarini o‘z ichiga olgan beshta muhim tashabbus amalga oshirilmoqda.

 

  • 1985-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati O‘zbek.
  • 2003 – 2007-yillarda Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan.
  • 2009 – 2011-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universtitetini ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha tamomlagan.
  • 2025-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining "Loyiha boshqaruvi mutaxassisligi" bo‘yicha magistrlik darajasiga ega bo‘lgan.
  • “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasidagi faoliyatni 2017-yilda  “O‘zmobayl” filiali Abonentlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati, taʼrif rejalari bo‘yicha GSM/CDMA axborot xizmat ko‘rsatish guruhi 2-toifali operator lavozimidan boshlagan.


Mehnat faoliyati davomida:

  • 2017 – 2018-yillarda “O‘zmobayl” filiali Abonentlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatining Korporativ xizmat ko‘rsatish guruhi 1-toifali mutaxassisi.
  • 2018-yilda “O‘zbektelekom” AK Chakana sotuvlarni boshqarish markazining Maʼlumot-axborot xizmatida 1-toifali supervayzeri.
  • 2019 – 2020-yillarda “Sotuv va xizmat ko‘rsatish markazi” filiali Personalni o‘qitish va monitoring guruhi 1-toifali mutaxassisi.
  • 2021 – 2022-yillarda “Sotuv va xizmat ko‘rsatish markazi” Texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati yetakchi muhandisi.
  • 2023-yilda “Sotuv va xizmat ko‘rsatish markazi” Texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati Mobil aloqa xizmatlariga xizmat ko‘rsatish guruhi boshlig‘i.
  • 2023-yilda “Kontakt markazi” filiali Mobil aloqa xizmatlariga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i.
  • 2023-yildan h.v. “O‘zbektelekom” AK “Telekommunikatsiya va personalni  rivojlantirish markazi” filiali “Aloqa va axborot xizmati” xizmat boshlig‘i.
  • 2023-yildan h.v. “O‘zbektelekom” AK Yetakchilar Kengashi raisi –“O‘zbektelekom” AK Boshqaruv raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi v.v.b. lavozimida faoliyat yuritadi.