Kabel kanalizatsiyasini ijaraga berish


Aloqa kabellarini joylashtirish uchun UZTELECOM kabel kanalizatsiyalarini ijaraga taqdim etadi.


Xizmatlar RH 45-236:2011 sonli “Telekommunikatsiyaning mahalliy tarmoqlarida kabel kanalizatsiyasining kanallarini ijaraga berish tartibi” ko‘rsatmalarida ko‘zda tutilgan tartibda taqdim etiladi.


Kabel kanalizatsiyasini ijaraga berish tartibi quyidagilardan iborat:
  • kabel kanalizatsiyasiga profilaktik xizmat ko‘rsatish;
  • nazorat qilish qurilmalaridan yer osti suvlaridan chiqarish;
  • nazorat qilish qurilmalarini tuproq va qurilish chiqindilaridan tozalash;
  • kabel kanalizatsiyasining shikastlangan qismlarini tiklash (avariyadan keyingi ta’mirlash);
  • kabel kanalizatsiyasiga xizmat ko‘rsatish «O‘zbektelekom» Aksiyadorlik Kompaniyasining yuqori malakali xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Yuridik shaxs va korxonalarga xizmat ko‘rsatish uchun shartnoma tuzish maqsadida «O‘zbektelekom» Aksiyadorlik Kompaniyasiga murojaat qilish kerak.
Murojaat uchun: info@uztelecom.uz