23 Iyul 2026

Elektromontyor (Qo‘rg‘ontepa)

“O‘zbektelekom” AK Sharqiy filiali Andijon viloyati

Sakkizinchi bog‘lama (Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Qorasuv, Xonobod) Qo‘rg‘ontepa uchastkasi Liniya kabel xo‘jaligi guruhi

 

Lavozim majburiyatlari:

- Bog‘lamaning Dastur va Joriy ta’mirlash rejalarini biriktirilgan hududdagi qismini bajaradi.

- Havo aloqa liniyalarida, shu jumladan elektr uzatish tarmoqlari bilan yaqin bo‘lgan va xavfli kesishmalari mavjud bo‘lgan hududlarda texnik-ekspluatatsiya va tarmoqni rivojlantirish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshiradi.

- Abonent simlarni tortadi, qayta tortadi, tartibga va texnik talab darajasiga keltiradi hamda havo aloqa liniyalarini demontaj va montaj qiladi, shuningdek, tarqatish javonlarida krossirovkalarni almashtiradi va tartibga keltiradi.

- Biriktirilgan hududlarda (uchastka) aloqa liniya inshootlarini doimiy ishchi holatda bo‘lishini ta’minlash maqsadida tegishli profilaktika va ta’mirlash ishlarini amalga oshiradi.

- Yangi qurilayotgan, rekonstruksiya ishlari amalga oshirilayotgan va ekspluatatsiyada bo‘lgan aloqa liniya inshootlari holatini doimiy nazorat qilib boradi hamda aniqlangan kamchilik va muammolar haqida 1-toifali muhandisga xabar beradi.

- Aloqa liniyalarida shikastlangan joylarni va uning xarakterini (turini) aniqlaydi va belgilangan muddatlarda nosozliklarni bartaraf etadi.

- Havo aloqa liniyalari bilan elektr uzatish liniyalaridagi mavjud xavfli kesishmalarni o‘rnatilgan tartibda bartaraf qiladi hamda ekspluatatsiya jarayonida yangi xavfli kesishmalar kelib chiqishining oldini olish choralarini ko‘radi.

- Doimiy ravishda (har soatda kamida bir marta) “GeoWFM” mobil ilovasiga kirib, geopozitsiya orqali joylashuv haqidagi ma’lumotlarni Kross xodimiga yuboradi, buyurtmalarni qabul qiladi va ushbu mobil ilovada bajarilgan ishlar bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni kiritib boradi.

- Har kuni tegishli hujjatlarni (naryad, dalolatnomalar va b.) o‘rnatilgan tartibda to‘liq va to‘g‘ri to‘ldiradi va 1-toifali muhandisga topshiradi.

- Qayta kelib tushgan buyurtma va arizalarni tahlil qiladi, muammolarning kelib chiqish sabablarini aniqlaydi va yuklatilgan vakolat doirasida uni bartaraf qilish choralarini ko‘radi.

- Ishga chiqishdan oldin asbob-uskunalarni, qurilma va anjomlarning to‘liqligi va xizmatga yaroqliligini tekshiradi, ularning texnika xavfsizligi talablariga muvofiqligini ko‘zdan kechiradi.

- Xizmat ko‘rsatilayotgan hududda qurilish yoki yer qazish ishlari amalga oshirilayotganligi aniqlangan hollarda, aloqa vositalari orqali 1-toifali muhandisga xabar beradi.

- Mijozlarni keng polosali xizmatlarga birlamchi ulanishida, oxirlovchi qurilmalardan (FTTb, GPON texnologiyalari va h.k) mijozning (modem, kompyuter, IPTV tyuner va h.k) qurilmalariga qadar kabel va abonent simini tortadi hamda dasturiy ta’minotni sozlash ishlarini amalga oshiradi.

- abonent qurilmalaridagi nosozliklarni aniqlaydi va uni sozlab, ishchi holatini tiklaydi (qurilmani tiklash imkoniyati bo‘lmagan hollarda mijoz bilan dalolatnoma tuzadi va 1-toifali muhandisga topshiradi);

- Splitter/Kommutatorlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni bajaradi;

- Taqsimlovchi shkaflar, bokslar va boshqa oxirgi kabel qurilmalarini montaj qiladi.

- Liniya kabel inshootlarini yerga ulash bilan jihozlash ishlarini bajaradi.

- Barcha turdagi muftalar va shaxoblangan perchatkalar, shuningdek kabel uchlarini kavsharlash va payvandlash ishlarini bajaradi.

- Aloqa quduqlari va shaxtalarni gazlanganligini gaz analizatori yordamida tekshiradi.

 

Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:

- O‘rta maxsus kasb-hunar ma’lumot.

- Kompaniyaning sifat sohasidagi siyosat va maqsadlarini;

- Telefon va optik tarmoqlarining tuzilish prinsiplarini;

- Qo‘llanayotgan liniya inshootlari (kabel qutisi, ustunlar, kirish qoziqlari, taqsimlovchi qutilar) konstruksiyalarini hamda ulardan abonent liniyalarni yotqizish va ulash qoidalarini;

- Elektrotexnika asoslarini;

- Turli rusumli telefon apparatlari va boshqa oxirgi qurilmalar, shu jumladan keng polosali xizmatlar qurilmalarini abonent liniyasiga ulash sxemalarini;

- Keng polosali ulanishning oxirgi uskunalaridan foydalanish, montaj qilish va sozlash ishlarini;

- Liniya va kabel nosozliklarini, keng polosali xizmatlar nosozliklarini bartaraf qilish bo‘yicha nazorat muddatlarini;

- Aloqa liniya va inshootlarini qo‘riqlash qoidalarini;

- Internetga ulanish texnologiyalarini (GPON, FTTB, xDSL);

- Wi-Fi signallari va chastotalarini;

- Optik kabellarda signallarning uzatilishi va so‘nish koeffitsientlari;

- Optik payvandlash uskunasi, povermetr, reflektometrdan foydalanish;

- Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoidalari va me’yorlarini va ularga rioya etishni.

- Axborot texnologiyalaridan (GEOWFM ilovasida malakali foydalanuvchi) foydalanish asoslari.

- Ichki mehnat intizomiga rioya etish;

- Muloqot, muammolarni hal etish va qaror qabul qilish ko‘nikmalari.

 

Ish sharoitlari:

- Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.

- Ish haftasi: 6 kunlik (dushanba–shanba), dam olish kunlari – yakshanba.

- Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar beriladi

- Mobil aloqa.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, b.isaqov@sharqiy.uztelecom.uz elektron manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun telefon: 73-2440337, 99-4351267.

Hujjatlar 2026-yil 23-avgustgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 24-avgust kuni o‘tkaziladi.