07 Sentabr 2026

1-toifali muhandis (5-bog‘lama)

“O‘zbektelekom” AK G‘arbiy filiali Buxoro viloyati

Beshinchi bog‘lama Energiya ta’minoti va klimatexnika uskunalari guruhi

 

Lavozim majburiyatlari:

-   Elektr qurilmalari, akkumulyator batareyalari qurish va rekonstruksiya qilish hamda bog‘lamadagi mavjud elektr ta’minoti va yoritish tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlaydi.

-   Yuqori kuchlanishdagi (1000v gacha) elektr qurilmalarida tegishli ruxsatnoma asosida ishlarni bajaradi.

-   Bog‘lama miqyosida elektr energiya tejashni tashkil etish bo’yicha tashkiliy ishlarda ishtirok etadi.

-   Elektr qurilmalari akkumulyator batareyalarining texnik holatini rejaga asosan tekshirish o’tkazadi.

-  Guruh xodimlari bilan elektr ta’minoti qurilmalarida ishlash, mehnat muhofazasi hamda soha faoliyatga oid texnik o‘quv mashgulotlarida qatnashadi.  

-  Elektr qurilmalariga ishlarni bajarish uchun zarur bo’ladigan materiallar, ehtiyot qismlar va jihozlar uchun  talabga asosan buyurtma berishda hujjatlarni tayyorlaydi.

-  Guruh faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha ish rejalarni ishlab chiqish hamda   hamada choraklik hisobotlarni tayyorlashda ishtiriok etadi.

-  Avariyaning oldini olish hamda yuzaga kelgan avariya holati bo‘yicha tezkor texnik ishlarni olib borish va elektr ta’minoti qurilmalarining texnik holatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni bajarishda qatnashadi.

-  Elektr qurilmalarini ishlatish, rekonstruksiya qilish, qurish, o’rnatish va ishga tushirish  masalalari bo’yicha ishlarni amalga oshiradi.

-   Bog‘lamani tashqi elektr ta’minoti bilan ta’minlaydigan elektr tarmog’idan uzilish sabablarini aniqlaydi.

-  Uzoq muddatli uzilishlar vaqtida tezkor choralar ko’radi  hamda Bog‘lama va Filial rahbariyati va Guruh boshlig‘iga  ma’lumot beradi.

-   DGAni yoqish yoki ko’chma DGAlarni  belgilangan joyga olib boradi  va ishlashini ta’minlaydi.

-   Avtomatlashtirilgan telefon stansiyasida favqulotda vaziyatlarni bartaraf etishda ishtirok etadi.

-  Bog‘lamadagi barcha energetika uskunalarida profilaktika ishlarini amalga oshiradi   hamda tegishli hujjatlarda qayd qiladi.   

-   Elektr uskunalar bilan ishlashda xavfsizlik texnikasiga rioya qilgan holda  belgilangan tartibda  ramiylashtirilgan naryad topshiriq asosida kunlik topshiriqlarni bajaradi. 

-   Bog‘lama tasaruffidagi mavjud komunal (gaz, suv, elektr) hisoblagichlarni joriy metrologik ko‘rik xizmatidan o‘tkazishda hamda tegishli hujjatlarni tayyorlaydi.

-  Bog‘lama uning  tarkibiy bo‘linmalarining talabnomasiga binoan klimatexnika va nazorat-signal qurilmalarini ta’mirlash hamda ishlar yakuni bo‘yicha tegishli hujjatlarni tayyorlaydi.

- Uskunalarni ishlab chiqarilgan texnik qo’llanma ko’rsatmalariga muvofiq, texnik shartlarga muvofiq, statsionar sharoitlarda (alohida holatlarda, joylarda) elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini bajaradi. 

-  Klimatexnika va elektr qurilmalarining favqulotda to’xtashining oldini olish va ulardan oqilona foydalanishni amalga oshiradi.

-  Bog‘lama tasaruffidagi quyosh panellariga texnik  xizmat ko‘rsatadi va joriy profilaktika ishlarini bajaradi.

-  Zarur materiallar ehtiyot qismlar va asbob-uskunalarni sotib olishga talabnomalar tayyorlaydi.

- Filial buxgalteriyasi hamda Filial energiya ta’minoti va klimatexnika uskunalarini ekspluatatsiya qilish xizmatiga  materiallar va ehtiyot qismlarning harakati to’g’risida hisobotlarni (har oyda) taqdim etish.

 

Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:

- Oliy texnik ma’lumot.

- Tarmoq rivojlanishining  asosiy yo‘nalishlarini, Kompaniya va Filial faoliyati yo‘nalishlarini, profil va ixtisosligini belgilovchi rahbariy materiallarni;

-  Normativ-huquqiy hujjatlar, normativ hujjatlar hamda mehnatga oid  qonun hujjatlarini ;

-  Elektr uskunalarida ishlash tartibi hamda xavfsizlik qoidalarini;

-  Uskunalarda tok kuchi va kuchlanish normalarini;

-  Mehnatni muhofaza qilish , xavfsizlik texnikasi, sanitariya va gigiyena  hamda yong‘in xavsizligi qoidalari va normalarini;

-   MS Office (Word, Excel, Power Point ) dasturiy ta’minotida malakali foydalanuvchi darajasida ish tajribasiga  ega bo’lishi kerak.

-   Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoidalari va me’yorlarini va ularga rioya etish;

-   Ichki mehnat intizomiga rioya etish;

-   Muloqot, muammolarni hal etish va qaror qabul qilish ko‘nikmalari.

 

Ish sharoitlari:

- Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.

- Ish haftasi: 6 kunlik (dushanba–shanba), dam olish kuni – yakshanba.

- Ish vaqti: dushanba-juma kunlari 09:00 dan 17:00 gacha, shanba 09.00 dan 15.00 gacha (tushlik tanaffusi bilan).

- Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar.

- Ish faoliyatida safarlar yoki obyektda joyida ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lishi mumkin.

- Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, m.pulatov@garbiy.uztelecom.uz elektron manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun telefon: 65-223-00-84, 99-950-84-87.

Hujjatlar 2026-yil 6-oktabrgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 7-oktabr kuni o‘tkaziladi.