07 Sentabr 2026

Kabel-payvandlovchi (5-bog‘lama)

“O‘zbektelekom” AK G‘arbiy filiali Buxoro viloyati

Beshinchi bog‘lama (Jondor, Olot, Qorako‘l)

Telekommunikatsiya tarmog‘ini qurish va ta’mirlash guruhi

 

Lavozim majburiyatlari:

-   Havo va kabel kirish joylariga ega abonent punktlarida shikastlanish joyi va xarakterini  aniqlaydi va bartaraf etadi.

-   Asbob uskunalarning sozligi va ularning to’g’ri saqlanishini ta’minlaydi.

-   Kabellarni  mahkamlash  bo‘yicha ishlarni bajaradi.

-   O‘rta tipdagi telefon quduqlarini tekshirish , havo va kabel liniyalarning trassalari, telefon kanalizatsiyalarini tekshiradi

-   Soz tolalar mavjud bo’lganda kabelning shikastlanish joyini aniqlaydi va bartaraf etish choralarni ko’radi.

-   Taqsimlovchi shkaflar, bokslar va boshqa oxirgi kabel qurilmalarini montaj qilishni amalga oshiradi.

-   Kabel qidirgich yordamida trassalarni va joylashish chuqurligini aniqlaydi.

-   Obyektlarda qurilish va montaj ishlarida qatnashadi va o‘rnatilgan tartibda amalga oshiradi.

 

Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:

- O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi.

- Telekommunikatsiya tarmoqlari, aloqa liniyalari qurilishi yoki shunga yaqin texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malaka.

- Optik va mis kabellar bilan ishlashni bilish;

- Payvandlash, o‘lchash va sinov asbob uskunalaridan    foydalanish;

- Mehnat muhofazasi, yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalarini bilish;

- Loyihaviy va texnik hujjatlarni o‘qish va tushunish.

- Kabel liniyalarini payvandlash, ulash va sinovdan o‘tkazish ishlarida kamida 6 oy amaliy tajriba.

- Jamoada ishlash va boshqa mutaxassislar (muhandis, quruvchi) bilan hamkorlikda ishlash tajribasi.

 

Ish sharoitlari:

- Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.

- Ish haftasi: 6 kunlik (dushanba–shanba), dam olish kuni – yakshanba.

- Ish vaqti: dushanba-juma kunlari 09:00 dan 17:00 gacha, shanba 09.00 dan 15.00 gacha (tushlik tanaffusi bilan).

- Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar.

- Ish faoliyatida safarlar yoki obyektda joyida ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lishi mumkin.

- Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, m.pulatov@garbiy.uztelecom.uz  elektron manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun telefon: 65-223-00-84, 99-950-84-87.

Hujjatlar 2026-yil 6-oktabrgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 7-oktabr kuni o‘tkaziladi.