13 Avgust 2026

Yetakchi yuriskonsult

“O‘zbektelekom” AK G‘arbiy filiali Buxoro viloyati

Yuridik xizmat

 

Lavozim majburiyatlari:

Filialning ichki huquqiy hujjatlarini ishlab chiqishda o‘z xizmat vazifasi doirasida ishtirok etadi.

– Filial direktoriga taqdim etilayotgan nizomlar, yo‘riqnomalar, buyruqlar, farmoyishlar va boshqa huquqiy tusdagi hujjatlar loyihalarining qonuniyligini tekshiradi.

– Filial ma’sul xodimlari tomonidan huquqiy hujjatlarning kelishish tartibini nazorat qiladi.

– Filial javobgar xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi o‘zgartirishlar yuzasidan ichki me’yoriy-huquqiy hujjatlarni bekor qilish yoki o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha huquqiy xulosa va takliflar beradi.

– Filial va uning tarkibiy bo‘linmalarida qonun buzilishi holatlarini oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha takliflar beradi.

– Filial xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha tadbirlarni tashkillashtirish haqida takliflar beradi, ushbu tadbirlarni o‘tkazishda ishtirok etadi.

– Filial rahbariyatini qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar haqida ularning ma’nosini tushuntirish orqali tanishtiradi.

– Filial xodimlarining murojaatlari yuzasidan Filial faoliyatiga oid huquqiy hujjatlarni topishda amaliy yordam va kerakli ma’lumotlarni beradi.

– Filialning shartnomalar faoliyatini tahlil qiladi, shartnoma loyihalari bo‘yicha huquqiy xulosalar beradi, shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish va o‘zgartirish bo‘yicha takliflar beradi, Filial tarkibiy bo‘linmalarida shartnomalar ijrosini nazorat qiladi.

– Kontragentlardan kelib tushgan da’vo arizalarini hisobga olinishini, ko‘rib chiqishni, da’vo arizalariga javob tayyorlash, hamda ularga xulosa loyihalarini tayyorlashni tashkillashtiradi.

– Filialga yuborilgan da’vo arizalarini o‘rganadi, ularga taqdimnomalar tayyorlaydi va sud jarayonlarida ishtirok etadi.

– Filialning moddiy boyliklarini saqlanishini ta’minlash bo‘yicha hujjatlar (yo‘riqnoma, moddiy boyliklarga javobgarlik haqidagi shartnomalar, ularning hisoboti) yuzasidan hujjatlar tuzilishida ishtirok etadi.

– Filial xodimlarining ishdan bo‘shatilishi, boshqa ishga o‘tkazilishi va intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi qonuniyligini tekshiradi.

– Filialda qonunbuzarlik, mansab vakolatini suiste’mol qilinishi holatlari haqida kelib tushgan ariza va shikoyatlar bo‘yicha  o‘tkaziladigan ichki xizmat tekshiruvlarida ishtirok etadi.

– Filial va uning bo‘linmalari bilan hamkorlikda ekspertiza yoki kelishishlik uchun yuborilayotgan huquqiy hujjatlarni qonuniyligi, ularda korrupsiya alomatlari yo‘qligi bo‘yicha huquqiy ekspertiza o‘tkazadi.

– Filialda talon-tarojlik qilinishi holatlarini tahlil qiladi va bunday holatlarning oldini olish choralarini ko‘radi, huquq idoralariga hujjatlarni yuborish uchun tayyorlaydi.

– Filial bo‘linmalari ish faoliyatida korrupsiya holatlari sodir qilinishi xavfini oldini olish va bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirishlar beradi.

– Filial tarkibiy bo‘linmalarini Kompaniyaning biznes-jarayonlariga kiritilgan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi Kompaniya siyosati va yondashishlari, korrupsiyaga qarshi kurashishni nazorat qilish tartiblari haqida tushuntirishlar beradi.

– Kompaniya rahbariyati hamda Filial rahbarining ko‘rsatmalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq vazifalarni bajaradi.

– Filial faoliyatida qonunbuzarchilik holatlarining oldini olish, qonunchilikka rioya etish intizomini mustahkamlash bo‘yicha qatnashadi va ishlar olib boradi.

– Kompaniya yuridik departamenti so‘rovi bo‘yicha malumot va hisobot beradi.

 

Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:

Oliy yuridik ma’lumotli va yuriskonsult lavozimida kamida uch yillik ish stajiga ega mutaxassis tayinlanadi.

– Xo‘jalik subyektlarining moliyaviy, xo‘jalik va ishlab chiqarish tartiblarini belgilovchi O‘zbekiston Respublikasining me’yoriy-huquqiy hujjatlarini;

– O‘zbekiston Respublikasining fuqаrolik, mamuriy va jinoyat-protsessual kodekslarini;

– Da’vo arizalarini kiritish tartibi va huquqiy mezonlarini;

– Xo‘jalik shartnomalari, jamoaviy shartnomalar va tarif kelishuvlarini tuzish hamda hujjatlashtirish tartibini;

– Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, huquqiy hujjatlarning aktual holatdagi tizimi, hisoblash va saqlash tartibini;

– Iqtisodiyot asoslarini, mehnatni muhofaza qilish, ishlab chiqarish va boshqaruv qoidalarini va me’yorlarini;

– Ishdagi muomala madaniyatini;

– Mehnat qonunchiligi asoslarini;

– Korporativ boshqaruv qoidalarini;

– Davlat boshqaruv idoralari tuzilishini, sud va huquq idoralari hamda o‘z-o‘zini boshqarish mahalliy idoralari tuzilishini.

– Rus tilini bilishi maqsadga muvofiq.

 

Ish sharoitlari:

– Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.

– Ish haftasi: 5 kunlik (dushanba-juma), dam olish kuni – shanba, yakshanba.

– Ish vaqti: dushanba-juma kunlari 09:00 dan 18:00 gacha (tushlik tanaffusi bilan).

– Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar.

– Ish faoliyatida safarlar yoki obyektda joyida ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lishi mumkin.

– Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, m.pulatov@garbiy.uztelecom.uz elektron manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun telefon: 65-223-00-84, 99-950-84-87.

Hujjatlar 2026-yil 13-sentabrgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 14-sentabr kuni o‘tkaziladi.