14 Oktabr 2026

1-toifali muhandis (Kapital qurilish)

“O‘zbektelekom” AK Sharqiy filiali Farg‘ona viloyati

Kapital qurilishni muvofiqlashtirish bo‘limi

 

Lavozim majburiyatlari:

- Optik tolali aloqa liniyalarini qurish va xujjatlashtirish ishlarini bilish.

- Mobil aloqa obyektlarini qurish va xujjatlashtirish ishlarini bilish.

- Telekommunikassiya tarmog'ida qurilishi yakunlangan obyektlar F-2 hujjatlarini tayyorlash.

- Qurilish me’yorlari, standartlar va texnik talablarga rioya etilishini ta’minlash.

- Qurilish bo‘yicha texnik hujjatlarni yuritish va hisobotlar tayyorlash.

 

Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:

- Telekommunikatsiya yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi.

- Texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, sanitariya va mehnat muhofazasi qoidalari;

- Kompyuter savodxonligi (Word, Excel, Visio, Autocad, PowerPoint) dasturlarini bilishi.

- Qurilish me’yorlari (O‘z DSt, MQN, GOST, ShNQ)ni mukammal bilish.

- Muhandislik hisob-kitoblarini amalga oshirish.

- Kapital qurilishni muvofiqlashtirish.

- Qurilish materiallari va texnologiyalarini bilish.

- Kamida 3 yil ish tajribasi.

- Jamoa bilan kelishib ishlay olishi.

 

Ish sharoitlari:

- Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.

- Ish haftasi: 5 kunlik (dushanba–juma), dam olish kunlari – shanba va yakshanba.

- Ish vaqti: odatda 09:00 dan 18:00 gacha (tushlik tanaffusi bilan).

- Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar.

- Ish faoliyatida safarlar yoki obyektda joyida ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lishi mumkin.

- Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, b.isaqov@sharqiy.uztelecom.uz elektron manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun telefon: 73-2440337, 99-4351267.

Hujjatlar 2026 13-noyabrgacha  qabul qilinadi.

Tanlov 2026 yil 16-noyabr kuni o‘tkaziladi.