Elektromexanik (Oltiariq)
“O‘zbektelekom” AK Sharqiy filiali Farg’ona viloyati
To‘rtinchi bog‘lama Oltiariq uchastka Stansiya inshootlari guruhlari
Lavozim majburiyatlari:
- Shahar va tuman hokimligidagi videokonferensaloqa yig‘ilishlari, davlat miqyosidagi bayram tadbirlarini o‘tkazishda texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil qiladi.
- Telekommunikatsiya texnik vositalarini tashkil qilish va texnik ekspluatatsiya qilish bo‘yicha qoidalar, yo‘riqnomalar bajarilishini, bajariladigan ishlar sifatining nazoratini ta’minlaydi.
- Xizmat ko‘rsatilayotgan texnik vositalarning ishonchli, sifatli va uzluksiz ishlashini tashkil etadi. - Selektor yig‘ilishi boshlanishidan 2 soat oldin tayyorgarlik ko‘radi, apparaturaning sozligini tekshiradi.
- Videokonferensaloqa qurilmalarining uzluksiz ishlashini ta’minlaydi.
- Uskunada barcha tuzatishlarning bajarilishini ta’minlaydi.
- Biriktirilgan uskuna ish sifati ko‘rsatkichlarini hisobga olib boradi va tahlil qiladi.
- Uskunaning texnik holati va unga o‘z vaqtida reja bo‘yicha texnik xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlashni nazorat qiladi.
- Apparatura va uskunani belgilangan normalarga keltiradi va yerga ulash qurilmalarining texnik normalarga mosligini ta’minlaydi.
- Apparatura, uskunalarning asosiy texnik soz holati va to‘g‘ri qo‘llanilishini nazorat qiladi, ularning davriy tekshirilishi va ta’mirlanishini tashkil etadi.
- Uskunani, asboblarni, instrumentni, dielektrik himoya vositalarini belgilangan talablarga muvofiq saqlanishini ta’minlaydi.
- Belgilangan ishlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan uskunaga, materiallarga va boshqa resurslarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlaydi va shu resurslar bilan ta’minlash, uskunaning, apparatura va asboblarning butunligini, ulardan foydalanishni ta’minlash choralarini ko‘radi.
- Videokonferensaloqa nosozligi sabablarini o‘rganadi.
- Biriktirilgan uskunada nosozliklarni va avariyalarni bartaraf etadi, ularning vujudga kelish sabablarini tekshiradi.
- Zimmasiga yuklatilgan barcha vazifalarni o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi.
- Sifat menejmenti tizimining hujjatlari talablariga rioya etadi.
- Texnik dasturlarga tegishli ma’lumotlarni kiritib boradi.
Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:
- O‘rta maxsus kasb-hunar ma’lumot.
- Guruh faoliyatini aniqlab beruvchi normativ huquqiy hujjatlar, me’yoriy hujjatlar, metodik va boshqa rahbarlik qiluvchi hujjatlarni;
- Kompaniyaning sifat sohasidagi siyosat va maqsadlarini;
- Hudud telefon va optik tarmoqlarining tuzilish prinsiplarini;
- Qo‘llanayotgan liniya inshootlari (kabel qutisi, ustunlar, kirish qoziqlari, taqsimlovchi qutilar) konstruksiyalarini hamda ulardan abonent liniyalarni yotqizish va ulash qoidalarini;
- Elektrotexnika asoslarini;
- Turli rusumli telefon apparatlari va boshqa oxirgi qurilmalar, shu jumladan keng polosali xizmatlar qurilmalarini abonent liniyasiga ulash sxemalarini;
- Keng polosali ulanishning oxirgi uskunalaridan foydalanish, montaj qilish va sozlash ishlarini;
- Xizmat ko‘rsatiladigan hududni;
- Texnik hujjatlarni yuritish tartibini;
- Internetga ulanish texnologiyalarini (GPON, FTTB, xDSL);
- Wi-Fi signallari va chastotalarini;
- Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoidalari va me’yorlarini.
- Texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash ishlarini rejalashtirish va nazorat qilish;
- Hisobot va dalolatnomalar bilan ishlash;
- Ichki mehnat intizomiga rioya etish;
- Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, yong‘in xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariya qoidalariga rioya etish;
- Muloqot, muammolarni hal etish va qaror qabul qilish ko‘nikmalari.
Ish sharoitlari:
- Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.
- Ish haftasi: 6 kunlik (dushanba–shanba), dam olish kuni – yakshanba.
- Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar.
- Ish faoliyatida safarlar yoki obyektda joyida ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lishi mumkin.
- Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.
Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, b.isaqov@sharqiy.uztelecom.uz elektron manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun telefon: 73-2440337, 99-4351267.
Hujjatlar 2026-yil 3-sentabrgacha qabul qilinadi.
Tanlov 2026-yil 4-sentabr kuni o‘tkaziladi.