16 Oktabr 2026

Loyiha bosh muhandisi

“O‘zbektelekom” AK Sharqiy filiali Farg‘ona viloyati

Kapital qurilishni muvofiqlashtirish bo‘limi 

 

Lavozim majburiyatlari:

- Qurilish va rekonstruksiya obyektlari bo‘yicha loyiha ishlarini umumiy boshqarish;

- Loyihalash jarayonini barcha muhandislik yo‘nalishlari kesimida muvofiqlashtirish;

- Loyiha hujjatlarining to‘liqligi va sifatini nazorat qilish;

- Qurilish me’yorlari, standartlar va texnik talablarga rioya etilishini ta’minlash;

- Muhandislik bo‘limlari (konstruktor, elektr, aloqa, suv-ta’minoti, isitish, shamollatish va boshqalar) ishlarini uyg‘unlashtirish;

- Texnik yechimlarni ishlab chiqish va optimallashtirish;

- Loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlashda ishtirok etish;

- Buyurtmachilar, pudratchilar va loyiha tashkilotlari bilan texnik hamkorlik qilish;

- Qurilish jarayonida mualliflik nazoratini amalga oshirish;

- Loyihalar bo‘yicha texnik hujjatlarni yuritish va hisobotlar tayyorlash.

 

Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:

- Arxitektura yoki qurilish yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi.

- Qurilish sohasida texnik, ichki va mualliflik nazorati bo‘yicha qo‘shimcha malaka oshirish kurslari yoki sertifikatlarga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq;

- Qurilish me’yorlari (O‘z DSt, SNIP, GOST, SHNQ)ni mukammal bilish.

- Muhandislik hisob-kitoblarini amalga oshirish.

- AutoCAD, Revit va boshqa dasturlarda ishlay olish.

- Qurilish materiallari va texnologiyalarini bilish.

- Loyihalarni boshqarish va muvofiqlashtirish.

- Kamida 3 yil ish tajribasi.

- Jamoa bilan kelishib ishlay olishi.

 

Ish sharoitlari:

- Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.

- Ish haftasi: 5 kunlik (dushanba–juma), dam olish kunlari – shanba va yakshanba.

- Ish vaqti: odatda 09:00 dan 18:00 gacha (tushlik tanaffusi bilan).

- Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar.

- Ish faoliyatida safarlar yoki obyektda joyida ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lishi mumkin.

- Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, b.isaqov@sharqiy.uztelecom.uz elektron manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun telefon: 73-2440337, 99-4351267.

Hujjatlar 2026 15-noyabrgacha  qabul qilinadi.

Tanlov 2026 yil 16-noyabr kuni o‘tkaziladi.