Loyiha bosh arxitektori
“O‘zbektelekom” AK Shimoliy filiali Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kapital qurilish xizmati Loyihalashtirish bo‘limi
Lavozim majburiyatlari
– Bino va inshootlarning bosh tarhi, qavat rejalari, fasadlari, kesimlari hamda hajmiy-rejaviy yechimlarini, shuningdek, magistral aloqa tarmoqlarining loyiha va rejalashtirish yechimlarini ishlab chiqadi;
– Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqadi va muvofiqlashtiradi;
– Pudrat shartnomalari tuzish uchun OTAL, IT va VPN-kanallari qurilishining smeta qiymatini aniqlash bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblarni amalga oshiradi;
– Ishlab chiqilayotgan loyihalar va texnik hujjatlarning loyihalashtirish bo‘yicha standartlar va boshqa me‘yoriy hujjatlarga, shuningdek, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqqa muvofiqligini nazorat qiladi;
– Filialning bogʻlamalar tomonidan taqdim etilgan loyiha-smeta hujjatlari texnik topshiriqqa muvofiqligini tahlil qiladi;
– Loyiha qidiruv ishlari va tubdan ta’mirlash bo‘yicha hisobot va ma’lumotlar tayyorlaydi.
Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka
– Oliy ma’lumot (arxitektura yo‘nalishi) va I-toifali mutaxassis lavozimida kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan mutaxassis;
– Loyihalash sohasida ish tajribasiga ega bo‘lish, AutoCAD va boshqa loyiha dasturlarida ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish,
Qurilish me’yorlari va normativ hujjatlarni bilish, Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va muvofiqlashtirish bo‘yicha amaliy
bilimga ega bo‘lish va axborot xavfsizligini taʼminlash talablari va qoidalarini bilishi kerak.
– Loyiha tashkilotlarida loyiha bosh arxitektori sifatida tegishli litcenziya.
– Mualiflik nazorati sifatida tegishli litcenziya.
– (AutoCAD yoki Revit) va (TNQ qurilish yoki ABS) programmalarida erkin ishlash
Ish sharoitlari:
- Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.
- Ish haftasi: 6 kunlik (dushanba–shanba), dam olish kunlari – yakshanba.
- Ish vaqti: dushanba – juma 09:00 dan 17:00 shanba 09:00 dan 13:00 gacha (tushlik tanaffusi bilan).,
- Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar beriladi,
- Mobil aloqa
Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar foto bilan birga va bo‘sh ish o‘rni ko‘rsatilgan holda, <g.jiemuratova@shimoliy.uztelecom.uz> manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.
Tel: (61 222-14-94. 99 955-92-02).
Hujjatlar 2026-yil 5-noyabrgacha qabul qilinadi.
Tanlov 2026-yil 6-noyabr kuni o‘tkaziladi.