27 Avgust 2026

Ofis menejeri (To‘rtko‘l)

“O‘zbektelekom” AK Shimoliy filiali  Sotuvni rejalashtirish va monitoring xizmati 

Sotuv va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi  bo‘limi

Lavozim majburiyatlari

-      Abonentlarning qoniqish darajasini aniqlash yuzasidan o‘rganishlar natijalarini monitoring qilish asosida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;

-      Mijozlarga xizmat ko‘rsatish va SvaXKOga murojaat qilgan abonentlar bilan bog‘liq belgilangan vakolati doirasida boshqa funksiyalarni bajarish;

-      Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar tuzishni tartibga soluvchi Kompaniyaning ichki hujjatlariga muvofiq Kompaniya abonentlari bilan telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha (internet, ip-telefoniya, mobil aloqa, televideniye va boshqa qo‘shimcha xizmatlar) shartnomalar tuzish;

-      Shartnomalar tuzishda abonentlar tomonidan telekommunikatsiya xizmatlari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish;

-      Abonentlarga Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar, aksiyalar va tarif rejalari bo‘yicha to‘liq ma’lumot va  tavsiyalar berish;

-      Faol sotuvlarda soʻrovlar oʻtkazish, Kompaniyaning potensial abonentlarini qidirish va joylarga chiqqan xolda telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar tuzish.

Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka

-      Oliy ma’lumotli va II-toifali mutaxassis lavozimida kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan mutaxassis bo‘lishi lozim,

-      Microsoft Office (Word, Excel, Power Point), Internet (MS Explorer), va E-mail (Outlook Express), dasturiy ta’minotidan malakali foydalanuvchi darajasida ish tajiribasiga ega boʻlishi kerak;  

Ish sharoitlari:

-      Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.

-      Ish haftasi: 6 kunlik (dushanba–shanba), dam olish kunlari – yakshanba.

-      Ish vaqti: dushanba – juma 09:00 dan 17:00 shanba 09:00 dan 13:00 gacha (tushlik tanaffusi bilan).,

-      Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar beriladi,

-      Mobil aloqa

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar foto bilan birga va bo‘sh ish o‘rni ko‘rsatilgan holda, <g.jiemuratova@shimoliy.uztelecom.uz> manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.

Tel: (61 222-14-94. 99 955-92-02).

Hujjatlar 2026-yil 26-sentabrgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 28-sentabr kuni o‘tkaziladi.