1-toifali mutaxassis (Samarqand)
“O‘zbektelekom” AK Janubi-G‘arbiy filiali Samarqand viloyati
Agentlar bilan ishlash xizmati Agentlar bilan ishlash bo'yicha Samarqand bo‘limi
Lavozim majburiyatlari:
- Hudud bo‘yicha bo‘limlarda savdo nuqtalari orqali sotuv va daromad rejalarining sifatli va to‘liq bajarilishini ta’minlaydi;
- Kompaniyaning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa dasturiy vositalarda barcha zarur harakatlarni bajaradi;
- Hudud bo‘yicha biriktirilgan shahar, tumanlar kesimida
- Agentlikning savdo nuqtalari faoliyati muvofiqlashtiradi va kunlik nazoratni amalga oshiradi;
- Bo‘limning savdo nuqtalarini kunlik ko‘zdan kechirish va monitorning qilish rejasi asosida agentlar tomonidan agentlik shartnomasiga asosan reklama dizayni talablariga rioya qilishlari va o‘z majburiyatlarini bajarishlari bo‘yicha agentlik savdo nuqtalarini kundalik monitoringini o‘tkazadi;
- Savdo nuqtalarida agent va operatorlarning sertifikatlarning mavjudligini va ularning muddatlarni nazorat qiladi;
- Yangi savdo nuqtalarini ochish yuzasidan talabgorlardan olingan arizalarini agentlik shartnomasi talablariga asosan ijrosini ta’minlaydi;
- Talabgorlarning savdo nuqtalarini borib ko‘zdan kechiradi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, savdo nuqtalarining agentlik shartnomasi talablariga muvofiqligini baholab, ma’lumot taqdim qiladi;
- Yangi agentlik savdo nuqtalari ochilishi va ishga tushishga taalluqli hujjatlarni tayyorlanishini ta’minlaydi;
- Savdo nuqtalarining agentlik shartnomasida belgilangan ish rejimiga qat’iy amal qilinishini taʼminlaydi;
- Savdo nuqtalari operatorlarning bilim va ko‘nikmalarini baholash amaliyoti olib boriladi. O‘rganish natijalari asosida, zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lmagan operatorlarni aniqlaydi, qoniqarsiz operatorlarni almashtirish yoki yangi operatorlarni ishga qabul qilish bo‘yicha sotuv agentiga tavsiyalar kiritilishini ta’minlaydi;
- Savdo nuqtalar operatorlarini bilim darajasini har yarim yilda rejaga asosan tizim orqali tekshirilishi va Baholanishini ta’minlaydi;
- Savdo agentlari va operatorlariga Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar, aksiyalar va tarif rejalari bo‘yicha to‘liq ma’lumot va tavsiyalar berilishini ta’minlaydi;
- Opertorlarning kiyinish, muomala madaniyatini nazorat qiladi va rivojlantiradi;
- savdo nuqtalari operatorlarning tizimda ishlash tartibi va ko‘nikmalarini rivojlantirishni, qo‘shimcha xizmatlarni ulashni, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga agentlik shartnomasi talablariga asosan xizmat ko‘rsatishini ta’minlaydi;
- Agentlik savdo nuqtalarini zarur POS-materiallar bilan ta’minlaydi;
- POS-materiallar qoldiqlarini nazorat qiladi, qo‘shimcha
POS-materiallarni olish uchun so‘rovnomani rasmiylashtiradi;
- savdo nuqtalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida savdo nuqtalari manzilliga SIM va ESIM kartalar hamda modem qurilmalarini yetkazib beradi hamda zarur hujjatlarni belgilangan tartibga asosan rasmiylashtiradi;
- agentlar bilan hamkorlikda, potensial mijozlarni yashash hududlariga chiqan holda, maqsadli va faol sotuvlarni tashkil etilishini ta’minlaydi;
- savdo agentlarining hujjatlarini yuritadi, savdo nuqtalarining ijara shartnomalari hamda agent va operatorlarining shaxsiy hujjatlarini amal qilish muddatlarini nazorat qiladi;
- savdo nuqtalarida kunlik tarmoqqa ulangan raqamlarni faol holatga keltirilishini, tuzilgan abonent shartnomalarni rasmiylashtirishi lozim bo‘lgan hujjatlarni tizimga joylashini ta’minlaydi va nazorat qiladi;
- savdo nuqtalari joylashuvining namunaga muvofiq ma’lumotlar bazasiga kiritilishini ta’minlaydi;
- savdo nuqtalarida yoritgichli peshlavhalarning tungi vaqtda ishlashini nazorat qiladi;
- savdo nuqtasi operatorlari tomonidan Axborot texnologiyalari sohasidagi firibgarlik
(keyingi o‘rinlarda - F R O D deb ) hisoblanuvchi harakatlarni amalga oshirmasligini oldini olish bo‘yicha chora ko‘radi, faol bo‘lmagan savdo nuqtalari bilan individual ravishda ish tashkil etadi, faol holatga keltirilishini ta’minlaydi;
- Mobil savdo nuqtalari yangi ishga tushirilgan hamda yuklamasi kam bo‘lgan baza stansiyalariga yo‘naltirishni ta’minlaydi va kunlik foto hisobotlarni shakllantiradi;
- Aloqa qamrovi va Internet sifatida yuzaga kelgan muammolariga oid soʻrovlari axboroti berilishini taʼminlaydi;
- raqobatdosh kompaniyalarning savdo nuqtalari va agentlari roʻyxatini shakllantiradi, agentlik tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha raqobatchi kompaniyalarning faoliyatini tahlil qiladi;
- savdo nuqtalarida aniqlangan kamchiliklar boʻyicha dalolatnomalarni tuzadi va roʻyxatga olinishini va jarimalarni hisoblash uchun boʻlimiga taqdim etadi.
- Ish yuzasidan telefon orqali muloqotni xizmat telefon raqamlaridan hamda Kompaniya tomonidan taqdim etilgan xizmat mobil aloqa raqamlaridan foydalangan holda amalga oshiradi.
Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:
- Oliy ma’lumot (texnik, muhandislik, iqtisodiy yoki boshqaruv yo‘nalishlarida);
- Sotuv, xizmat ko‘rsatish sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;
- Tashkiliy-boshqaruv faoliyati bo‘yicha tajribaga ega bo‘lish.
- Savdo va xizmat ko‘rsatish metodlari;
- Menejment va marketing asoslarini;
- Xizmatlarini taqdim etish tartibi va texnologiyasi;
- Telekommunikatsiya qurilmalariga doir bozor sharoitlarini;
- Hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va muzokaralar olib borish qoidalarini;
- Texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, sanitariya va mehnat muhofazasi qoidalari;
- Tahliliy fikr yurita olishlik;
- Yuqori ishchanlik; tartiblilik;
- Uyushqoqlik (kirishimlilik)
- Iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa dasturiy ta’minotlardan foydalanish ko‘nikmalari (Microsoft Office, Word, Excel, Power Point, elektron pochta va Internet) dasturiy ta’minotida malakali foydalanuvchi darajasida ish tajribasiga ega bo‘lishlik;
- Ichki mehnat intizomi va xavfsizlik qoidalariqa rioya etish;
Ish sharoitlari:
- Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.
- Ish haftasi: 5 kunlik (dushanba–juma), dam olish kunlari – shanba va yakshanba.
- Ish vaqti: odatda 09:00 dan 18:00 gacha (tushlik tanaffusi bilan).
- Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar beriladi.
- Ish faoliyatida safarlar yoki obyektda joyida ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lishi mumkin.
- Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.
Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, j.odirov@sjs.uztelecom.uz elektron manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun telefon 66-2400091, 55-7040804
Hujjatlar 2026 7-noyabrgacha qabul qilinadi.
Tanlov 2026 yil 8-noyabr kuni o‘tkaziladi.