20 Oktabr 2026

Elektromexanik (Boyovut)

“O‘zbektelekom” AK Janubi-G‘arbiy filiali Sirdaryo viloyati

O'n uchinchi bog'lama (Yangiyer sh., Shirin sh., Boyovut t., Xovos t.) Boyovut tuman uchastkasi Stansiya inshootlari guruhi

 

Lavozim majburiyatlari:

- Uchastka hududidagi Magistral va zona ichi stansiyalaridagi raqamli uzatish qurilmalarini va MSAN, OLT, LATS, Telegraf qurilmalarini profilaktika qilish.

-  Nosozliklarning belgilangan muddatlarda bartaraf etilishini nazorat qilish.

- Avariya holatlari uchun insident ochish, bajarilishini nazorat qilish va ularni berkitish.

- Uchastka bo‘yicha umumiy sifat hisobotlarini olish, tahlil etish hamda 1-toifali muhandisga taqdim etish.

- UTR tizimida mijozlarning texnik ma’lumotlarini qo‘shish, o‘zgartirish.

-  LKI elektromontyorlarining GeoWFM ilovasidan foydalanishlarini nazorat

qilish.

- Navbatchilik davrida uchastkadagi aloqa qurilmalarining barqaror ishlashini ta’minlash.

-  Navbatchilik davrida DGA larning soz holda ishlashini ta’minlash, DGA profilaktika va navbatchilik jurnallarini yuritish.

- Uchastka hududidagi elektr uskunalarini nazorat qilish, MSAN va mobil aloqa stansiyalarining soz holda ishlashini monitoring qilish.

- Navbatchilik davrida MSAN, OLT, Telegraf, LATS qurilmalarining uzluksiz va barqaror ishlashini ta’minlaydi.

 

Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:

- o‘rta maxsus ma’lumot.

- Kompaniyaning sifat sohasidagi siyosat va maqsadlarini;

-  Raqamli texnologiyalar sohasidagi vakolatli davlat boshqaruv organining amaldagi meyoriy hujjatlarini bilishi ;

- Texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, shikastlanishlarni bartaraf etish bo‘yicha nazorat muddatlarini bilish;

- Magistral va zona ichi stansiyalaridagi raqamli uzatish qurilmalari, EATS uskunalarini ishlash prinsiplarini hamda sifat ko‘rsatgichlarini bilish;

- Axborot texnologiyalaridan (kompyuter, ofis dasturlari, Word va Excel) foydalanish asoslari

- mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoidalari va me’yorlarini va ularga rioya etishni.

- Tahliliy fikr yurita olishlik;

- Yuqori ishchanlik; tartiblilik;

- Uyushqoqlik (kirishimlilik);

- Ichki mehnat intizomiga rioya etish;

- Muloqot, muammolarni hal etish va qaror qabul qilish ko‘nikmalari.

 

Ish sharoitlari:

- Mehnat shartnomasi muayyan muddat asosida bandlik. (Asosiy xodimning tug‘riqdan oldin va tug‘ruqdan keyingi ta‘tili davriga).

- Ish haftasi: Grafik asosida.

- Ish vaqti: smenali ish rejimi.

- Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar.

- Ish faoliyatida safarlar yoki obyektda joyida ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lishi mumkin.

- Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, j.odirov@sjs.uztelecom.uz elektron manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun telefon: 66-2400091, 55-7040804.

Hujjatlar 2026 20-noyabrgacha  qabul qilinadi.

Tanlov 2026 yil 21-noyabr kuni o‘tkaziladi.