15 Iyul 2026

Ofis menejeri (Oqoltin)

“O‘zbektelekom” AK Janubi-G‘arbiy filiali

Sotuv va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Sirdaryo bo‘limi

 

Lavozim majburiyatlari:

- Mijozlar bilan telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha (internet, ip telefoniya, mobil aloqa, televideniye va boshqa qo'shimcha xizmatlar) shartnomalar tuzish;

- Faol sotuvlarda soʻrovlar oʻtkazish, Kompaniyaning potensial abonentlarini qidirish va joylarga chiqqan holda telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar tuzish;

- Shartnomalar tuzishda abonentlar tomonidan telekommunikatsiya xizmatlari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish;

- Abonentlarga Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar, aksiyalar va tarif rejalari bo‘yicha to‘liq ma’lumot va tavsiyalar berish;

- Abonent qurilmalarini (modem yoki router), uyali telefonlar, uskunalar va aksessuarlarni sotish;

- Barcha belgilangan qoidalar va muddatlarga rioya qilgan holda kiruvchi onlayn arizalar bilan ishlashni ta’minlash;

- Bo‘limga tashrif buyurgan har bir abonentga malakali xizmat ko‘rsatish;

- Kompaniyaning billing tizimlarida (SBMS BT, MSMS BT, GeoUTR, GeoWFM, SKLAD moduli va boshqalar), shuningdek, Kompaniyaning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa dasturiy vositalarda barcha zarur harakatlarni bajarish;

- Abonent haqidagi ma’lumotlarni to‘g‘ri va aniq kiritish;

- Axborot texnologiyalari sohasidagi firibgarlik (keyingi o‘rinlarda - FROD) hisoblanuvchi harakatlarni qilmaslik va mavjud abonent ma’lumotlarini noqonuniy ravishda o‘zgartirmaslik, Kompaniya manfaatlariga zid bo‘lgan harakatlar sodir etmaslik;

- Bevosita yoki yuqori turuvchi rahbarning xizmat topshiriqlarini lavozim vazifalari va vakolatlari doirasida bajarish;

- Bo‘lim maqsadlari, loyihalari va rejalarini amalga oshirishda ishtirok etish, belgilangan shaxsiy rejani amalga oshirish va bajarish;

- Kompaniyaning ichki me’yoriy hujjatlarida belgilangan Bo‘lim xodimlarining tashqi ko‘rinishiga qo'yiladigan talablarga rioya qilish;

- Kompaniya tomonidan belgilangan samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlarini bajarish;

- O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari doirasida harakat qilish, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasidagi resurslar va xizmatlardan ruxsatsiz foydalanishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirmaslik;

- Kompaniyaning nofaol abonentlari, jumladan aksiya orqali ulangan nofaol abonentlar bazasi bilan ishlashni amalga oshirish;

- Kompaniya dasturlarida (SBMS BT, MSMS BT, GeoUTR, GeoWFM, SKLAD moduli va boshqalar) abonent uskunalarining to‘g‘ri kiritilishini nazorat qilish, xatolarni bartaraf etish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;

- Filialning moddiy boyliklariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish;

- Filial tomonidan tasdiqlangan ish grafigi asosida mehnat faoliyatini olib borish.

 

Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:

- Oliy ma’lumot;

- O‘zbek tili va rus tillarida erkin so‘zlasha oladigan

- Kompaniya xizmatlarini amalga oshirish (ko‘rsatish) tartibi va texnologiyasini;

- Telekommunikatsiya xizmatlari va uskunalari bozori konyunkturasini;

- Sotuv usullari, qoidalari, texnikasi, sotsiologiya va psixologiya asoslarini;

- Ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkil etish asoslarini;

- Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati standartlari;

- Uyali aloqa xizmatlari va uskunalari uchun bozor sharoitlarini, savdo va xizmat ko‘rsatish usullari (texnikasi)ni, ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish qoidalarini;

- Etika qoidalarini, Filialning raqobatbardosh ustunliklarini, zamonaviy elektron hisoblash va nusxalash uskunalaridan foydalanish qoidalarini;

- Kompaniyaning faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha barcha tarif rejalari, aksiyalari va buyruqlarini;

- Hujjatlar bilan ishlashni;

- Reklama materiallaridan foydalanish qoidalari, Bo‘limda ishlash uchun, shuningdek, maqsadli faol sotuv uchun yetarli tarqatma materiallardan oqilona foydalanishni (flayerlar, eshik ilgichlari, ro‘yxatga olish blankalari, shartnoma shablonlari va boshqalar);

- Abonent uskunalarini, abonentlarni telekommunikatsiya xizmatlariga ulash tamoyillari va tartiblarini;

- Zamonaviy elektron hisoblash va nusxa ko‘chirish texnikasidan foydalanish qoidalarini;

- Telefonda muloqot qilish qoidalarini;

- Kompaniyaning samarali xo‘jalik faoliyati uchun zarur bo‘lgan Kompaniya dasturlarida shuningdek, boshqa dasturiy vositalarda (Microsoft Office, elektron pochta, Internet) ishlash tartibi va qoidalarini bilish.

 

Ish sharoitlari:

- Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.

- Ish haftasi: 5 kunlik (dushanba–juma), dam olish kunlari – shanba va yakshanba.

- Ish vaqti: odatda 09:00 dan 18:00 gacha (tushlik tanaffusi bilan).

- Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar beriladi.

- Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, j.odirov@sjs.uztelecom.uz elektron manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun telefon: 66-2400091, 55-7040804.

Hujjatlar 2026-yil 15-avgustgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 17-avgust kuni o‘tkaziladi.