Bosh mutaxassis (Soliqlar va moliyaviy hisobot)
“O‘zbektelekom” AK Ijroiya apparati Toshkent shahri
Moliya departamenti Buxgalteriya hisobiva hisobot boshqarmasi
Soliqlar va moliyaviy hisobot bo‘limi
Lavozim majburiyatlari:
- O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliq imtiyozlaridan foydalanishga imkon beruvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
- Kompaniya tarkibiy bo‘linmalarining moliyaviy hisobotlarini qabul qilish va tahlil qilish.
- “1C:Предприятие” dasturida soliqlar bo‘yicha hisobning to‘g‘ri yuritilishi ustidan nazorat olib borish.
- Soliq kodeksi hamda qonunchilikdagi tegishli o‘zgarish va yangiliklarni Kompaniya faoliyatida tadbiq etib borish.
- Kompaniya tarkibidagi barcha filiallar tomonidan soliqlar hisoblanishiga oid ishlarni va ma’lumotlarni muddatida va sifatli bajarilishini nazorat qilib borish.
- Xodimlarga, shu jumladan Kompaniya tarkibiy bo‘linmalarining buxgalterlari va bosh buxgalterlariga soliq va moliyaviy hisobotlarni hisoblash masalalari bo‘yicha maslahatlar berish.
- Kompaniyaning moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha moliyaviy hisobotlarni tayyorlash yuzasidan tadbirlarda ishtirok etish.
Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:
- Buxgalteriya hisobi, moliya, iqtisodiyot bo‘yicha oliy ma‘lumot.
- Soliq qonunchiligi: Mahalliy soliq qonunchiligini (O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi) mukammal bilishi, foyda solig‘i, QQS, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, transfert narx belgilash kabi jarayonlarni bilish.
- Buxgalteriya hisobi va soliq hisobi o‘rtasidagi doimiy va vaqtinchalik farqlarni tahlil qilish va ularni to‘g‘ri hisobda aks ettirish.
- Soliq organlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlarni boshqarish, so‘rovlarga o‘z vaqtida va to‘g‘ri javob berish, soliq nizolarini hal qilishda strategiya ishlab chiqishda ishtirok etish.
- Moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish va sharhlash qobiliyati.
- MS Excel (formulalar, yig‘ma jadvallar, ma‘lumotlarni tahlil qilish).
- O‘zbek, ingliz va rus tillarini bilish.
- Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari (IFRS/IAS)ni tushunish.
- Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS)ni bilish.
Ish sharoitlari:
- 5 kunlik ish haftasi.
- Belgilangan ish vaqti.
- Ahil jamoa.
- Tibbiy sug’urta.
- Bepul uyali aloqa.
Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, o.boltayev@uztelecom.uz elektron manzili boʻyicha elektron koʻrinishda qabul qilinadi. Ma’lumot uchun telefon: 71-1000229.
Hujjatlar 2026-yil 8-avgustgacha qabul qilinadi.
Tanlov 2026-yil 10-avgust kuni o‘tkaziladi.
Tanlov muddati 2026-yil 8-sentabrgacha uzaytirildi.
Hujjatlar 2026-yil 8-sentabrgacha qabul qilinadi.
Tanlov 2026-yil 9-sentabr kuni o‘tkaziladi.