07 Avgust 2026

Bosh yuriskonsult (Huquqiy taʼminot va norma)

“O‘zbektelekom” AK Ijroiya apparati Toshkent shahri

Yuridik departament Huquqiy taʼminot va norma ijodkorligi bo‘limi

 

Lavozim majburiyatlari:

- Kompaniya va  uning  strukturaviy bo‘limlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining  qonunga  muvofiqligini

ta’minlashda ishtirok etish.

- Kompaniyada  da’vogarlik  ishlarini  olib borishda ishtirok etish.

- Sudlarda va  boshqa  idoralarda kompaniyaning  mol-mulk  va  boshqa manfaatlarini himoya qilish.

- Har  kunlik  yozma  va  og‘zaki  huquqiy masalalar  bo‘yicha  xodimlarga  maslahat berish,  huquqiy  hujjatlarni  ishlab chiqishda yordam ko‘rsatish.

- Kompaniya xodimlarini  mavjud qonunchilikdagi  o‘zgarishlar  haqida xabardor qilish.

 

Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:

- Oliy yuridik ma'lumot;

- Yuridik sohada 3 yildan ortiq ish tajribasi;

- Kompaniyaning huquqni qo'llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta'minlashni tashkil etish;

- O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik, iqtisodiy protsessual, mehnat va korporativ qonunchiligini yaxshi bilish;

- Shartnomalar va qo‘shimcha kelishuvlarni tayyorlash, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish hamda ular bo‘yicha huquqiy xulosa va takliflar berish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.

- Da’vo-talabnoma va sud ishlarini yuritish, protsessual hujjatlarni tayyorlash hamda Kompaniya manfaatlarini sudlarda himoya qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.

- Microsoft Office (Word, Excel, PowerPoint) dasturlaridan erkin foydalana olish.

- O‘zbek va rus tillarini bilish, ingliz tilini bilish ustunlik beradi.

 

Ish sharoitlari:

- 5 kunlik ish haftasi.

- Belgilangan ish vaqti.

- Ahil jamoa.

- Tibbiy sug’urta.

- Bepul uyali aloqa.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, o.boltayev@uztelecom.uz elektron manzili boʻyicha elektron koʻrinishda qabul qilinadi. Ma’lumot uchun telefon: 71-1000229.

Hujjatlar 2026-yil 7-sentabrgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 8-sentabr kuni o‘tkaziladi.