24 Iyul 2026

Boshqarma boshligʻi (Strategik rivojlantirish)

“O’zbektelekom” AK  ijroiya apparati Toshkent shahri

Transformatsiya va strategik rivojlantirish departamenti

Strategik rivojlantirish boshqarmasi

 

Lavozim majburiyatlari:

·  Kompaniyaning qisqa, o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlarini boshqarish;

·  Bo‘limlar va departamentlar o‘rtasida strategik maqsadlarga erishish uchun samarali hamkorlikni ta’minlash;

·  Strategik tashabbuslarning bajarilishini muvofiqlashtirish, xodimlar ishini nazorat qilish va murakkab masalalarni hal qilishda yordam berish;

·  Jahon bozoridagi eng yaxshi amaliyotlarni o‘rganish va Kompaniyaning raqobatbardoshlik darajasini oshirish uchun innovatsion yechimlarni joriy etish;

·  Ichki va tashqi bozor sharoitlarini chuqur tahlil qilish orqali strategik qarorlar qabul qilishga ko‘maklashish;

·  Kompaniyaning moliyaviy barqarorligini ta’minlash uchun moliyaviy modellashni amalga oshirish;

·  Strategik maqsadlarning bajarilishini muntazam monitoring qilish va o‘z vaqtida hisobot berish;

·  Strategiyani dolzarbligini saqlash uchun yangi ma’lumotlar asosida uni muntazam yangilash va rivojlantirish;

·  Loyihalar va tashabbuslarga nisbatan reja-fakt tahlilini o‘tkazish va ularning Kompaniya faoliyatiga ta’sirini baholash;

·  Strategiyaning bajarilishi bo‘yicha Kompaniya rahbariyatiga hisobot va tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash;

·  Strategiyani rivojlantirish uchun kelgusidagi qadamlar bo‘yicha aniq tavsiyalar berish;

·  Strategiya boshqarmasi xodimlari faoliyatini boshqarish, ularga vazifalarni taqsimlash va ularning malakasini oshirishga ko‘maklashish;

·  Xodimlarni o‘qitish va rivojlantirish dasturlarini tashkil qilish.

 

Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:

·  Iqtisodiyot, moliya, menejment yoki biznes tahlili bo‘yicha oliy ma‘lumot.

·  Strategik rejalashtirish, moliyaviy tahlil yoki biznes tahlili bo‘yicha 3 yillik ish tajribasi.

·  Jamoani boshqarish.

·  Bozor va raqobatchilarni tahlil qilish usullarini, moliyaviy modellashtirishning asosiy vositalarini bilish.

·  Moliyaviy modellar va biznes rejalarni ishlab chiqish tajribasi.

·  Strategik loyihalarda yoki biznes konsaltingda ishtirok etish tajribasi.

·  Analitik dasturlar (Excel, Power BI, Tableau) bilan ishlash konikmalari.

·  O‘zbek, ingliz va rus tillarini mukammal bilish.

 

Sertifikatlarning mavjudligi:

·  Moliyaviy va strategik sertifikatlar: CFA, CFM, FMVA, CIMA.

Shaxsiy fazilatlar:

·  Katta hajmdagi ma‘lumotlar bilan ishlash, hisobot va taqdimotlar tayyorlash qobiliyati.

·  Muloqot va ko‘p vazifalarni bajarish qobiliyati.

·  Tafsilotlarga e'tibor, strategik maqsadlar uchun ma‘lumotlarni tahlil qilish va sharhlash qobiliyati.

 

Ish sharoitlari:

·  5 kunlik ish haftasi.

·  Moslashuvchan ish jadvali.

·  Ahil jamoa.

·  Tibbiy sug’urta.

·  Bepul uyali aloqa.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, o.boltayev@uztelecom.uz elektron manzili boʻyicha elektron koʻrinishda qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun telefon: 71-1000229.

Hujjatlar 2026-yil 24-avgustgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 25-avgust kuni o‘tkaziladi.