Oliy toifali mutaxassis (tahlil va rejalashtirish 09)
“O’zbektelekom” AK Ijroiya apparati Toshkent shahri
Biznesni rivojlantirish va tahlil boshqarmasi Tahlil va rejalashtirish bo‘limi
Lavozim majburiyatlari:
– Telekommunikatsiya bozori va raqobatchilar faoliyatini muntazam tahlil qilish;
– Abonentlar bazasi, trafik va xizmatlar iste’moli bo‘yicha statistik ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish;
– Mavjud xizmatlar samaradorligini baholash va optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar berish;
– Daromadlar, xarajatlar va asosiy ko‘rsatkichlar (KPI) tahlilini amalga oshirish;
– Biznesni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
– Marketing va texnik bo‘limlar bilan hamkorlikda loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish;
– Hisobotlar, prezentatsiyalar va tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash;
– Investitsiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini baholash;
– Telekommunikatsiya xizmatlari bo‘yicha tendensiyalar va innovatsiyalarni monitoring qilish.
Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:
– Oliy ma’lumot (iqtisodiyot, moliya, biznes boshqaruvi, telekommunikatsiya yoki axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida);
– Analitik fikrlash va katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish ko‘nikmalari;
– MS Excel, PowerPoint va boshqa ofis dasturlarida yuqori darajada ishlay olish;
– Ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish vositalari (Power BI, Tableau va boshqalar) bilan ishlash ko‘nikmasi;
– Biznes-reja, hisobot va taqdimotlar tayyorlash tajribasi;
– Telekommunikatsiya bozori va xizmatlari bo‘yicha umumiy bilimlarga ega bo‘lish;
– KPI va moliyaviy ko‘rsatkichlar bilan ishlash ko‘nikmasi;
– O‘zbek va rus tillarini yaxshi bilish, ingliz tilini bilish ustunlik beradi;
– Jamoada ishlash, muloqot qilish va muammolarni hal etish ko‘nikmalari;
– Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va natijaga yo‘naltirilganlik.
Sertifikatlarning mavjudligi:
- Quyidagi sertifikatlardan biriga ega bo‘lish ustunlik beradi: CIA, CRMA, ACCA (F1–F9), DipIFR, CIMA, DipCPIA, CISA.
Ish sharoitlari:
- 5 kunlik ish haftasi.
- Belgilangan ish vaqti.
- Ahil jamoa.
- Tibbiy sug’urta.
- Bepul uyali aloqa.
Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, o.boltayev@uztelecom.uz elektron manzili boʻyicha elektron koʻrinishda qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun telefon: 71-1000229.
Hujjatlar 2026-yil 16-oktabrgacha qabul qilinadi.
Tanlov 2026-yil 19-oktabr kuni o‘tkaziladi.