24 Iyul 2026

Oliy toifali mutaxassis (transformatsiya)

“O’zbektelekom” AK  ijroiya apparati, Toshkent shahri

Transformatsiya va strategik rivojlantirish departamenti

Transformatsiya boshqarmasi

 

Lavozim majburiyatlari:

·  Kompaniyada transformatsiya jarayonlarini tashkil etishda ishtirok etish, bo‘limlar va departamentlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlash.

·  Transformatsiya bilan bog‘liq vazifalarni muvofiqlashtirish uchun ma’lumot tayyorlashda yordam ko‘rsatish.

·  Transformatsiya va ESG (Environmental, Social, and Corporate Governance) masalalari bo‘yicha davlat regulyatorlari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari bilan ma’lumot tayyorlashda ishtirok etish.

·  KPMG, PWC, EY, Deloitte kabi tashqi konsultantlar bilan hamkorlikda ishlashda yordam ko‘rsatish.

·  O‘zgarishlar boshqaruvi (change management) jarayonlarini amalga oshirishda ishtirok etish.

·  Vazifalarning bajarilishini, muddatlarini va sifatni nazorat qilishda yordam.

·  Transformatsiya tashabbuslari bo‘yicha hisobot va tahliliy materiallarni tayyorlashda yordam ko‘rsatish.

·  Xalqaro standartlarga muvofiq ESG hisobotlarini tayyorlashda ishtirok etish.

·  Raqamli transformatsiya va biznes jarayonlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha yordam ko‘rsatish.

 

Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:

·  Iqtisod, moliya, menejment yoki biznes-tahlil sohasida oliy ma’lumot.

·  Moliyaviy tahlil yoki biznes-tahlil sohasida kamida 1 yillik ish tajribasi.

·  Raqamli transformatsiya loyihalarida ishtirok etish tajribasi (afzallik).

·  Investitsiya portfelini va xususiy kapitalni boshqarish, shuningdek moliyaviy ko‘nikmalarni tasdiqlovchi sertifikatlarga ega bo‘lish (afzallik).

·  O‘zgarishlarni boshqarish (change management), loyihalarni boshqarish (project governance) va davlat regulyatorlari bilan hamkorlik sohasida asosiy bilimlar.

·  MS Project, Trello, Jira kabi loyiha boshqaruvi vositalari bilan ishlash ko‘nikmalari.

·  Katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish va hisobot tayyorlash qobiliyati.

·  Ko‘p vazifalik sharoitda ishlay olish va belgilangan muddatlarga amal qilish qobiliyati.

·  Hamkorlik qilish va samarali muloqot ko‘nikmalari.

·  Mas’uliyat va natijaga yo‘naltirilganlik.

·  Mustaqil ishlay olish va tashabbuskorlik ko‘rsata bilish.

·  O‘zbek, ingliz va rus tillarini a’lo darajada bilish.

·  Xalqaro konsalting kompaniyalari va firmalar bilan hamkorlik ko‘nikmalari.

·  Shartnomalar bilan ishlashning asosiy ko'nikmalari (ishlab chiqish, kelishish).

·  Xalqaro ESG standartlari (GRI, SASB) va barqaror rivojlanish tamoyillarini bilish.

·  ESG hisobotini tayyorlash uchun ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va tizimlashtirishda ishtirok etish.

 

Shaxsiy fazilatlar:

·  Katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlay olish, hisobot va taqdimotlar tayyorlay olish.

·  Muloqot qilish ko‘nikmalari, ko‘p vazifalik sharoitda ishlay olish qobiliyati.

·  E’tiborli bo‘lish, ma’lumotlarni tahlil qilish va transformatsiya maqsadlarida talqin qilish qobiliyati.

·  Mas’uliyat, stressga chidamlilik, yuqori yuklama sharoitida ishlay olish qobiliyati.

 

Ish sharoitlari:

·  5 kunlik ish haftasi.

·  Moslashuvchan ish jadvali.

·  Ahil jamoa.

·  Tibbiy sug’urta.

·  Bepul uyali aloqa.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, o.boltayev@uztelecom.uz elektron manzili boʻyicha elektron koʻrinishda qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun telefon: 71-1000229.

Hujjatlar 2026-yil 24-avgustgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 25-avgust kuni o‘tkaziladi.