Yetakchi iqtisodchi (investorlar bilan o‘zaro hamkorlik va aloqalar infratuzilmasi)
“O’zbektelekom” AK ijroiya apparati Toshkent shahri
Investorlar bilan aloqalar boshqarmasi
Yo‘nalish: investorlar bilan o‘zaro hamkorlik va aloqalar infratuzilmasi
Lavozim majburiyatlari:
- Investorlar, tahlilchilar, investitsiya banklari va boshqa kapital bozori ishtirokchilari ma’lumotlar bazasini yuritish;
- Investorlar bilan uchrashuvlar, qo‘ng‘iroqlar, taqdimot uchrashuvlari, konferensiyalar va Kompaniyaga tashriflarni rejalashtirish va tashkil etish;
- Uchrashuvlar uchun kun tartibi, ma’lumotnoma materiallari to‘plami, taqdimotlar, savol-javob materiallari, bayonnomalar va keyingi harakatlar ro‘yxatini tayyorlash;
- Investorlar va maslahatchilardan kelib tushgan so‘rovlarni ro‘yxatga olish, mas’ul bo‘linmalarga yo‘naltirish va o‘z vaqtida javob berilishini nazorat qilish;
- O‘zbek, rus va ingliz tillarida rasmiy yozishmalar, taklifnomalar, uchrashuv yakunlari bo‘yicha xatlar va boshqa yozma materiallarni tayyorlash;
- Rahbariyatni investorlar bilan uchrashuvlarga tayyorlash va asosiy xabarlar bo‘yicha muvofiqlashtirish;
- Investorlar fikr-mulohazalari, asosiy savollar va bozor kutishlarini tizimlashtirish hamda rahbariyatga taqdim etish;
- Investorlar bilan aloqa kanallari, umumiy elektron pochta manzili, aloqalar tarixi va o‘zaro hamkorlikni hisobga olish hamda nazorat qilish jurnalini yuritish;
- Investorlar uchun veb-sahifa, investor taqvimi va tadbirlar bo‘yicha ma’lumotlarni tegishli bo‘linmalar bilan birgalikda yangilash;
- Aksiyalarni birlamchi yoki ikkilamchi ommaviy joylashtirish doirasida aksiyalarni joylashtirish tashkilotchilari, brokerlar, yuridik va moliyaviy maslahatchilar bilan amaliy hamkorlikni muvofiqlashtirish;
- Axborotni tanlab oshkor etishga yo‘l qo‘ymaslik, maxfiylik va tasdiqlangan aloqa tartib-taomillariga rioya qilish;
- Investorlar bilan aloqalar faoliyati bo‘yicha uchrashuvlar soni, so‘rovlar, javob berish muddati va boshqa asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini kuzatib borish;
Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:
- Iqtisodiyot, moliya, menejment, xalqaro biznes, kommunikatsiyalar yoki tegishli yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumot;
- Investorlar bilan aloqalar, biznesni rivojlantirish, asosiy mijozlar bilan ishlash, korporativ kommunikatsiyalar yoki kapital bozorlarida kamida 3 yillik tajriba;
- Yuqori darajadagi yozma va og‘zaki kommunikatsiya, muzokara va taqdimot ko‘nikmalari;
- Moliyaviy hisobotlar va investorlar bilan aloqalar bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarni tushunish darajasidagi moliyaviy savodxonlik;
- Uchrashuvlar, tadbirlar va bir nechta manfaatdor tomonlar ishtirokidagi jarayonlarni boshqarish tajribasi;
- Mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish tizimlari, Excel, PowerPoint, taqvimlar va vazifalar ijrosini nazorat qilish vositalarida ishlash ko‘nikmalari;
- Ochiq kompaniya, telekommunikatsiya, moliya yoki xalqaro tashkilotda ishlash tajribasi afzal;
- O‘zbek va rus tillarini yaxshi bilish, ingliz tili darajasi kamida B2+, C1 darajasi afzal.
Sertifikatlarning mavjudligi:
- Investorlar bilan aloqalar, loyihalarni boshqarish, kapital bozorlari yoki biznes-kommunikatsiyalar bo‘yicha sertifikatlar ustunlik beradi.
Ish sharoitlari:
- 5 kunlik ish haftasi.
- Moslashuvchan ish jadvali.
- Ahil jamoa.
- Tibbiy sug‘urta.
- Bepul mobil aloqa.
Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va bo‘sh ish o‘rni ko‘rsatilgan holda o.boltaev@uztelecom.uz elektron manziliga yuborilishi lozim.
Ma’lumot uchun telefon: 71-1000229.
Hujjatlar 2026-yil 13-avgustgacha qabul qilinadi.
Tanlov 2026-yil 14-avgust kuni o‘tkaziladi.
Tanlov muddati 2026-yil 8-sentabrgacha uzaytirildi.
Hujjatlar 2026-yil 8-sentabrgacha qabul qilinadi.
Tanlov 2026-yil 9-sentabr kuni o‘tkaziladi.