13 Iyul 2026

Yetakchi iqtisodchi (moliyaviy tahlil va investitsiya materiallari)

“O’zbektelekom” AK ijroiya apparati, Toshkent shahri

Korporativ boshqaruv va investitsiya portfeli departamenti Investorlar bilan aloqalar boshqarmasi

Yo‘nalish: moliyaviy tahlil va investitsiya materiallari

 

Lavozim majburiyatlari:

-      Kompaniyaning moliyaviy va operatsion ko‘rsatkichlarini yig‘ish, tekshirish va tizimlashtirish;

-      Daromad, foizlar, soliqlar va amortizatsiyagacha bo‘lgan foyda (EBITDA), EBITDA rentabelligi, kapital xarajatlar (CAPEX), pul oqimi, sof qarz, sof qarzning EBITDAga nisbati va aylanma kapital ko‘rsatkichlarini tahlil qilish;

-      Investorlar uchun choraklik va yillik taqdimotlar, qisqacha ma’lumotnomalar, asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar sharhi va boshqa materiallarni tayyorlash;

-      Moliyaviy modellar, prognozlar, ssenariylar va sezgirlik tahlillarini ishlab chiqish va yangilab borish;

-      Telekommunikatsiya kompaniyalari bilan qiyosiy tahlil o‘tkazish va baholash koeffitsiyentlarini tahlil qilish;

-      Kompaniyaning investitsiyaviy jozibadorlik konsepsiyasi, investitsiya tezislari va asosiy moliyaviy xabarlarini shakllantirishda ishtirok etish;

-      Investorlar, tahlilchilar va maslahatchilar savollariga javoblar, shuningdek, rahbariyat uchun savol-javob va ma’lumotnoma materiallarini tayyorlash;

-      MHXS hisobotlari, boshqaruv hisobotlari, biznes-reja va investitsiya materiallari o‘rtasidagi ma’lumotlar izchilligini tekshirish;

-      Moliya, strategiya, tijorat, texnik va boshqa bo‘linmalar bilan ma’lumotlarni muvofiqlashtirish;

-      Aksiyalarni birlamchi yoki ikkilamchi ommaviy joylashtirish doirasida kompleks tekshiruv, baholash, emissiya prospekti va boshqa bitim materiallarini tayyorlashni qo‘llab-quvvatlash;

-      Investorlar bilan aloqalar bo‘yicha asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari lug‘ati, tarixiy ma’lumotlar bazasi va tahliliy ko‘rsatkichlar panellarini yuritish;

-      O‘zbek, rus va ingliz tillarida aniq, ishonchli va taqdimotga tayyor materiallar ishlab chiqish.

 

Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:

-      Moliya, iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, investitsiyalar, matematika yoki tegishli yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumot;

-      Korporativ moliya, moliyaviy rejalashtirish va tahlil, investorlar bilan aloqalar, investitsiya banki, xalqaro auditorlik va konsalting kompaniyalari, aksiyalar bozorini tahlil qilish yoki strategiya yo‘nalishida kamida 3 yillik tajriba;

-      Moliyaviy hisobotlarning uchta asosiy shakli va MHXS tamoyillarini yaxshi tushunish;

-      Moliyaviy modellashtirish, baholash va investitsiya tahlili bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar;

-      Excel va PowerPoint dasturlarini yuqori darajada bilish; Power BI yoki boshqa analitik vositalarni bilish afzal;

-      Kapital bozorlari, aksiyalarni birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirish jarayoni hamda investorlarning axborot ehtiyojlarini tushunish;

-      Ochiq kompaniya, telekommunikatsiya yoki yuqori darajada tartibga solinadigan sohada ishlash tajribasi afzal;

-      O‘zbek va rus tillarini yaxshi bilish, ingliz tili darajasi kamida B2+, C1 darajasi afzal.

 

Sertifikatlarning mavjudligi:

-      CFA, ACCA, CIMA, DipIFR, FMVA yoki boshqa tegishli professional sertifikatlar ustunlik beradi.

 

Ish sharoitlari:

-      5 kunlik ish haftasi.

-      Moslashuvchan ish jadvali.

-      Ahil jamoa.

-      Tibbiy sug‘urta.

-      Bepul mobil aloqa.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va bo‘sh ish o‘rni ko‘rsatilgan holda o.boltaev@uztelecom.uz elektron manziliga yuborilishi lozim.

Ma’lumot uchun telefon: 71-1000229.

Hujjatlar 2026-yil 13-avgustgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 14-avgust kuni o‘tkaziladi.

Tanlov muddati 2026-yil 8-sentabrgacha uzaytirildi.

Hujjatlar 2026-yil 8-sentabrgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 9-sentabr kuni o‘tkaziladi.