Yetakchi muhandis (kapital qo'yilma)
“O’zbektelekom” AK Ijroiya apparati Toshkent shahri
Kapital qurilish departamenti
Kapital qo‘yilmalarni nazorat qilish boshqarmasi
Lavozim majburiyatlari:
- Kompaniya tarkibiga kiruvchi filial va korxonalarga Boshqarmaning funksional masalalari bo‘yicha davlat boshqaruvi va nazorat organlarining hujjatlarini yetkazish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish.
- Boshqarmaga berilgan huquqlar doirasida Kompaniya uchun buyruq va farmoyishlar tayyorlashda ishtirok etish.
- Kompaniya filiallaridan Boshqarma faoliyati uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilishda ishtirok etish.
- Telekommunikatsiya tarmoqlari va obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash ishlari bo‘yicha filiallar xodimlaridan Boshqarma faoliyati uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va hisobotlarni olish.
- Telekommunikatsiya tarmoqlari va obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha loyihalar va ularga yo‘naltiriladigan kapital qo‘yilmalarni tahlil qilgan va umumlashtirgan holda Kompaniyaning Qurilishlar manzilli ro‘yxatini shakllantirish.
- Kompaniyaning Qurilishlar manzilli ro‘yxatiga kiritilgan loyihalar doirasida bajarilgan ishlar bo‘yicha kapital qo‘yilmalarning o‘zlashtirilishi yuzasidan monitoring yuritish, tahliliy ma’lumotlar va hisobotlar tayyorlash.
- Zaruriyat tug‘ilganda Kompaniya Qurilishlar manzilli ro‘yxatiga tuzatish kiritish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
- Kompaniya filiallari tomonidan qurilishi yakunlangan obyektlarni qabul qilish komissiyalariga topshirilishini muvofiqlashtirib borish.
- Boshqarmaning chorak va yil yakunlari bo‘yicha ishlarini sarhisob qilishda ishtirok etish.
- Korrupsiyaning har qanday ko’rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo’lish.
- Ish yuzasidan telefon orqali muloqotni xizmat telefon raqamlaridan hamda Kompaniya tomonidan taqdim etilgan xizmat mobil aloqa raqamlaridan foydalangan holda amalga oshirish.
Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:
- Lavozimga oliy texnik ma’lumotli, I-toifali muhandis lavozimida kamida ikki yillik ish tajribasiga ega mutaxassis qabul qilinadi.
Quyidagilarni bilishi kerak:
- O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi amaldagi me’yoriy hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari.
- O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining amaldagi tashkiliy-ma’muriy hujjatlari.
- Kompaniyaning joriy tashkiliy-ma’muriy va me’yoriy hujjatlari.
- Kompaniya faoliyatining xususiyatlari va rivojlanish istiqbollari.
- Iqtisodiyot va qurilishni tashkil etish asoslari.
- Mehnat qonunchiligi asoslari.
- Mehnatni muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligi qoidalari va normalari.
- Ichki mehnat qoidalari.
- Kompaniyaning sifat siyosati va maqsadlari.
- MS Office (Word, Excel, PowerPoint) dasturlari.
Shaxsiy fazilatlar:
- Katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlay olish, hisobot va taqdimotlar tayyorlay olish.
- Muloqot qilish ko‘nikmalari, ko‘p vazifalik sharoitda ishlay olish qobiliyati.
- E’tiborli bo‘lish, ma’lumotlarni tahlil qilish va takliflarni ishlab chiqish qobiliyati.
- Mas’uliyat, stressga chidamlilik, yuqori yuklama sharoitida ishlay olish qobiliyati.
Ish sharoitlari:
- 5 kunlik ish haftasi.
- Moslashuvchan ish jadvali.
- Ahil jamoa.
- Tibbiy sug’urta.
- Bepul uyali aloqa.
Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, o.boltayev@uztelecom.uz elektron manzili boʻyicha elektron koʻrinishda qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun telefon: 71-1000229.
Hujjatlar 2026-yil 1-oktabrgacha qabul qilinadi.
Tanlov 2026-yil 2-oktabr kuni o‘tkaziladi.