07 Oktabr 2026

AKT sohasida biznes tahlilchi

“O‘zbektelekom” AK “TMS Hub” filiali Toshkent shahar

 Raqamli ta’limni rivojlantirish xizmati

 

Lavozim majburiyatlari:

- Malaka oshirish markazida ta’lim jarayonlarini BI vositalari asosida tahlil qilish;

- Ta’lim dasturlarining (online, offline, gibrid) samaradorligini baholash;

- O‘quv jarayonlari bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarni (qatnashuv, yakunlash, natijadorlik) monitoring qilish;

- Statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish;

- BI vositalarida (Power BI, Tableau va boshqalar) analitik hisobotlar va dashboardlar tayyorlash;

- KPI ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va samaradorlikni oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

- Rahbariyat uchun muntazam analitik hisobotlar taqdim etish.

 

Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:

- Oliy ma’lumot, amaliy tajriba afzallik beradi;

- BI yoki data tahlili yo‘nalishida ish tajribasi;

- Power BI, Tableau yoki boshqa analitik vositalarni bilish;

- Excel bilan ishlash ko‘nikmasi;

- Analitik fikrlash va ma’lumotlar bilan ishlash qobiliyati;

- KPI va statistik tahlil tushunchalarini bilish;

- O‘zbek va rus tillarini bilish (ingliz tili afzallik beradi).

 

Ish sharoitlari:

- Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.

- Ish haftasi: 5 kunlik (dushanba–juma), dam olish kunlari – shanba va yakshanba.

- Ish vaqti: odatda 09:00 dan 18:00 gacha (tushlik tanaffusi bilan).

- Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar.

- Ish faoliyatida safarlar yoki obyektda joyida ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lishi mumkin.

- Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, g.jurayeva@utc.uz elektron manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun telefon:711003122, 773389977.

Hujjatlar 2026 5-noyabrgacha  qabul qilinadi.

Tanlov 2026 yil 6-noyabr kuni o‘tkaziladi.