07 Avgust 2026

Metodist

“O‘zbektelekom” AK“ TMS Hub” filiali Toshkent shahar

Raqamli ta’limni rivojlantirish xizmati Raqamli ta'lim dasturlarini ishlab chiqish guruhi

 

Lavozim majburiyatlari: 

- O‘quv dasturlari va o‘quv-metodik materiallarni ishlab chiqish;

- Ta’lim kontentining metodik jihatdan to‘g‘riligini ta’minlash;

- O‘quv kurslari strukturasi va mantiqiy ketma-ketligini shakllantirish;

- O‘quv materiallarini ekspertizadan o‘tkazish va sifatini nazorat qilish;

- Zamonaviy pedagogik yondashuvlar va metodikalarni joriy etish;

- O‘qituvchilar va kontent yaratuvchilar bilan metodik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

- O‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

 

Talab qilinayotgan ko'nikmalar va malaka: 

- Oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot amaliyot bilan (pedagogika yoki tegishli yo‘nalish);

- Metodist yoki ta’lim sohasida ish tajribasi;

- Zamonaviy o‘qitish metodlari va metodologiyalarini bilish;

- O‘quv dasturlarini ishlab chiqish tajribasi;

- Analitik fikrlash va tizimli yondashuv;

- O‘zbek va rus tillarini bilish (ingliz tili afzallik beradi).

 

Ish sharoitlari: 

- Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.

- Ish haftasi: 5 kunlik (dushanba–juma), dam olish kunlari – shanba va yakshanba.

- Ish vaqti: odatda 09:00 dan 18:00 gacha (tushlik tanaffusi bilan).

- Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar.

- Ish faoliyatida safarlar yoki obyektda joyida ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lishi mumkin.

- Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, g.jurayeva@utc.uz elektron manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun telefon:711003122, 773389977.

Hujjatlar 2026-yil 7-sentabrgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 8-sentabr kuni o‘tkaziladi.