Oliy toifali buxgalter
“O‘zbektelekom” AK “TMS Hub” filiali Toshkent shahar
Buxgalteriya hisobi va budjetni rejalashtirish xizmati
Lavozim majburiyatlari:
- Buxgalteriyaga tegishli birlamchi hujjatlarning to‘g‘ri va aniq yuritilishini nazorat qiladi;
- Realizatsiya qilinadigan uskunalar va boshqa Tovar moddiy boyliklar hisobini yuritadi;
- Chiquvchi hisob-varaq fakturalarni shakllantiradi va tashqi kontragentlarga elektron tarzda o‘z vaqtida yuborilishini ta’minlaydi, shuningdek, tashqi kontragentlardan kiruvchi hisob-varaq fakturalarni elektron tarzda qabul qilib, buxgalteriya dasturiga kiritilishini nazorat qiladi;
- Tovar-moddiy boyliklar hisobi yuritilishini nazorat qiladi;
- Filialning tegishli bank hisob-varaqlari va korporativ kartalaridagi pul mablag‘lari aylanmasining hisobi yuritilishi hamda soliq va boshqa majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlarning to‘g‘ri amalga oshirilishini nazorat qiladi;
- Tovar-moddiy boyliklar va asosiy vositalarni har yilgi rejali va rejadan tashqari belgilangan tartibda xatlovi (Inventarizatsiya)ni o‘tkazishda ishtirok etadi, xatlovni o‘tkazish uchun tayinlangan komissiyaga tovar-moddiy boyliklar va asosiy vositalarning to‘liq ro‘yxatini taqdim etadi va uning natijalari to‘g‘risida ma’lumotlarni tayyorlaydi;
- Yetkazib beruvchilar hamda mijozlar bilan hisob-kitoblar tekshiruvini amalga oshiradi;
Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:
– Oliy ma’lumot (moliya, iqtisodiyot, boshqaruv yoki tegishli sohalarda);
- “1C:Предприятие”, MS Office (Word, Excel, PowerPoint), dasturiy ta’minotida malakali foydalanuvchi darajasida ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak;
- O‘zbek va rus tillarini bilish;
- Muloqot va jamoada ishlash ko‘nikmalari;
- Muammolarni hal qilish va qaror qabul qilish qobiliyati;
- Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lish.
Ish sharoitlari:
- Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik;
- Ish haftasi: 5 kunlik (dushanba–juma), dam olish kunlari – shanba va yakshanba;
- Ish vaqti: odatda 09:00 dan 18:00 gacha (tushlik tanaffusi bilan);
- Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar;
- Ish faoliyatida safarlar yoki obyektda joyida ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lishi mumkin;
- Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.
Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, g.jurayeva@utc.uz elektron manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun telefon: 711003122, 773389977.
Hujjatlar 2026-yil 1-oktabrgacha qabul qilinadi.
Tanlov 2026-yil 2-oktabr kuni o‘tkaziladi.