07 Iyul 2026

1-toifali muhandis (tarmoqni optimallashtirish)

O‘zbektelekom” AK Ixtisoslashtirilgan texnik filiali Toshkent shahri

Tarmoqni optimallashtirish va tahlil qilish xizmati Mobil tarmoqni optimallashtirish sektori

 

Lavozim majburiyatlari:

– Mobil tarmog‘ining asosiy sifat ko‘rsatkichlarini (KPI) turli darajalarda monitoring qilish va – GSM/UMTS/LTE/NR mobil tarmog‘ining asosiy sifat ko‘rsatkichlari (KPI/KQI)ni barcha darajalarda: umumiy tarmoq, hudud, klaster, baza stansiyasi darajasida monitoring qilish va chuqur tahlil qilish; tendensiyalar, degradatsiyalar va anomaliyalarni aniqlash, ularni yaxshilash bo‘yicha asoslangan tavsiyalar tayyorlash.

– Radio tarmoq ishlash statistik ma’lumotlarini tahlil qilish, Accessibility, Retainability, Mobility, Integrity, Throughput, Latency, QoE ko‘rsatkichlarini ovozli (CS, VoLTE), paketli xizmatlar hamda 5G servislar uchun baholash.

– Radio qamrovi va radio signal sifati parametrlarini (RSRP, RSRQ, SINR, Ec/Io va boshqalar) tahlil qilish, yetarli bo‘lmagan qamrov hududlarini, signal darajasi past bo‘lgan zonalarni, pilot ifloslanishi (Pilot Pollution) va yuqori interferensiya mavjud bo‘lgan hududlarni aniqlash.

– Tarmoq sifatining yomonlashish sabablarini kompleks tahlil qilish: yacheykalarning ortiqcha yuklanishi, interferensiya, optimallashtirilmagan qo‘shni aloqalar (Neighbor List), parametrlarni sozlashdagi xatoliklar, apparat muammolari, radio resurslardan samarasiz foydalanish, transport tarmog‘i va yadro tarmog‘i (Core Network) ta’sirini aniqlash.

– Avariya holatlari, servislar degradatsiyasi va abonentlarning ommaviy murojaatlarini tahlil qilish, nosozliklarning xizmat ko‘rsatish sifatiga ta’sirini aniqlash, tiklash va takroriy hodisalarning oldini olish bo‘yicha tezkor choralarni ishlab chiqish.

– Monitoring natijalari, drive test va statistik ma’lumotlar asosida radio tarmoq sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha batafsil texnik hisobotlar, tahliliy ma’lumotnomalar, taqdimotlar va tavsiyalar tayyorlash.

– Radio tarmoqni boshqarish va monitoring tizimlari (iMaster RAN, UME, U2000, PRS va boshqalar) bilan ishlash, katta hajmdagi statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, vizualizatsiya qilish va tahlil qilish.

– GSM/UMTS/LTE/NR radio tarmog‘ini kengaytirish, modernizatsiya qilish va optimallashtirish bo‘yicha ishlarni rejalashtirish, amalga oshirish va nazorat qilishda ishtirok etish, shu jumladan yangi texnologiyalarni (5G NSA, Massive MIMO, Carrier Aggregation va boshqalar) joriy etish.

– Pudratchi tashkilotlar va quyi toifadagi muhandislar tomonidan bajarilayotgan optimallashtirish ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish.

– Radio tarmoq sifatini yaxshilash bo‘yicha optimallashtirish metodikalarini, ichki standartlarni va eng yaxshi amaliyotlarni ishlab chiqish hamda yangilab borish.

– Lavozim vazifalarini bajarishda mehnatni muhofaza qilish, sanoat va axborot xavfsizligi talablariga rioya qilish.

– Texnologik va hisobot hujjatlarini yuritish.

 

Talab qilinayotgan koʻnikmalar va malaka:

– Oliy texnik malumotli;

– O‘z mutaxassisligi bo‘yicha texnik uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish va nosozliklarni bartaraf etish qoidalari;

– Mobil aloqa tarmoqlari asoslari, GSM, UMTS, LTE texnologiyalarining arxitekturasi va tuzilishi;

– Xendover (Handover) jarayonlari bo‘yicha asosiy bilimlarga ega bo‘lish;

– Radio tarmoqni boshqarish va monitoring tizimlari (iMaster RAN, UME, U2000, PRS va boshqalar) bilan ishlash asoslari, katta hajmdagi statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, vizualizatsiya qilish va tahlil qilish;

– Microsoft Office paketini yuqori professional darajada mukammal bilish: Excel dasturida ishonchli ishlash (jumladan, yig‘ma jadvallar, murakkab formulalar), Word dasturida tuzilgan texnik hisobotlarni tayyorlash, PowerPoint dasturida rahbariyat va texnik qo‘mitalar uchun sifatli taqdimotlar yaratish hamda Outlook dasturida elektron yozishmalar va kalendarni samarali boshqarish;

– Xizmat ko‘rsatilayotgan uskunalarni texnik ekspluatatsiya qilish bo‘yicha qoidalar va yo‘riqnomalar;

– Apparatlar, uskunalar va aloqa vositalariga texnik xizmat ko‘rsatishning texnologik jarayonlari, aloqa tarmoqlarini tashkil etish va qurish sxemalari;

– Biriktirilgan uskunalarni sozlash va uning parametrlarini o‘lchash usullari;

– Uskunalar va qurilmalarni hisobga olish, shuningdek texnik hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha asosiy qoidalar, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlar.

 

Ish sharoitlari:

– Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.

- Ish haftasi: 5 kunlik (dushanba-juma), dam olish kuni – shanba, yakshanba.

- Ish vaqti: dushanba-juma kunlari 09:00 dan 18:00 gacha (tushlik tanaffusi bilan).

- Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar.

- Ish faoliyatida safarlar yoki obyektda joyida ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lishi mumkin.

- Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar foto bilan birga va bosh ish oʻrni koʻrsatilgan holda ok@noctelecom.uz manzili boʻyicha elektron koʻrinishda qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefon: 71 238-11-76 ;  71 238-14-33.

Hujjatlar 2026-yil 7-avgustgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 10-avgust kuni o‘tkaziladi.

Tanlov muddati 2026-yil 2-sentabrgacha uzaytirildi.

Hujjatlar 2026 2-sentabrgacha  qabul qilinadi.

Tanlov 2026 yil 3-sentabr kuni o‘tkaziladi.